"Paxtakor" Al Aynga etib keldi
05 apr 2015 17:43
Yangiliklar


"Paxtakor" Al Aynga etib keldi
Bugun ertalab Toshkentdan SHarjaga yo'lga chiqqan jamoamiz Al Ayn shahriga etib bordi.
Abu-Dabi amirligida joylashgan Al Ayn shahriga etib borish uchun "Paxtakor" futbol klubi delegaciyasi dastlab Toshkent-SHarja yo'nalishida samolyotda parvoz qildi. So'ng Al Ayn sari avtobusda yo'lga chiqildi. SHaharga etib kelgach, klub azolari "Hili Rayhaan" mehmonxonasiga joylashishdi. Bugun kechki payt bu erda birinchi mashg'ulot o'tkaziladi.
"Al Ayn" - "Paxtakor" jamoalari o'rtasida uchrashuv 7 aprel, seshanba kuni Al Ayn shahridagi "Hazza Bin Zaid" stadionida soat 20:15da boshlanadi.
"Al Ayn" - "Paxtakor" jamoalari o'rtasida uchrashuv 7 aprel, seshanba kuni Al Ayn shahridagi "Hazza Bin Zaid" stadionida soat 20:15da boshlanadi.

Fikrlar