"Paxtakor" - "Al Ayn" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi - Muhammad Abdulrahmon
18 mar 2015 20:33
Yangiliklar


"Paxtakor" - "Al Ayn" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi - Muhammad Abdulrahmon
"Al Ayn" safida 16-raqam ostida harakat qilgan Muhammad Abdulrahmon uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Umar Abdulrahmonning ukasi bo'lmish ushbu futbolchi o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi va bellashuv haqidagi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Muhammad Abdulrahmon: "Uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan mamnunman va yaratganga shukrona keltiraman. Biz bugungi o'yinda qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirib kerakli natijaga erishdik. Asosiysi mehmondan uch ochko bilan qaytmoqdamiz. O'yin juda qiyin bo'ldi. G'alaba bilan o'z navbatida muxlislarimizni tabriklab qolaman. "Paxtakor"ga bugun biroz omad etishmadi deb o'ylayman".
- Bugun g'alaba qozonayotib o'yin vaqtini cho'zishga urinmadinglar. Bu uchun rahmat aytamiz.
- Biz o'yin vaqtini cho'zishga qarshimiz. "Paxtakor" ham bizga qarshi munosib o'ynadi va biz ham o'z navbatida halol futbol ko'rsatishga intildik.

Fikrlar