"Paxtakor" - "Al Ayn". O'yinoldi matbuot anjumani "Miran" mehmonxonasida bo'ladi
17 mar 2015 08:57
Yangiliklar

"Paxtakor" - "Al Ayn". O'yinoldi matbuot anjumani "Miran" mehmonxonasida bo'ladi
Bugun "Paxtakor" - "Al Ayn" o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Tadbir "Paxtakor" stadioni matbuot anjumani zalida emas "Miran" mehmonxonasida bo'lib o'tadigan bo'ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati saytimizga malum qildi.
Soat 11:00da "Al Ayn" bosh murabbiyi Zlatko Dalich (Bosniya va Gercegovina) va jamoa futbolchisi jurnalistlar savollariga javob beradi. 11:30da "Paxtakor" bosh murabbiyi Samvel Babayan va jamoa futbolchisi o'z fikrlarini bildirishadi.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Al Ayn" uchrashuvi 18 mart kuni "Paxtakor" Markaziy stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:00da boshlanadi.
"Miran" mehmonxonasi Toshkent Vestminster Universiteti yonida joylashgan.

Fikrlar