So’nggi yangiliklar

02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  3 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  5 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  172 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  38

“Paxtakor” afsonasi Stanislav Stadnikni xotirlab Yangiliklar

“Paxtakor” afsonasi Stanislav Stadnikni xotirlab

Bugun “Paxtakor” jamoasi tarixidagi eng kuchli hujumchilardan biri, Gennadiy Krasnickiy bilan bir qatorda tilga olinadigan futbolchi Stanislav Stadnikni xotirlashni lozim deb topdik.

O'zbek futboli maktabining yorqin va o'chmas futbolchilaridan biri Stanislav Mitrofanovchi Stadnik 1940 yilning 21 may sanasida Toshkent shahrida tug'ilgan. Agar hayot bo'lganida bugun 80 yoshga to'lgan bo'lar edi. Stadnik faoliyati davomida SSSR sport ustasi unvoni bilan taqdirlangan. Moskvaning “Dinamo” klubi bilan sobiq ittifoq Oliy ligasida kumush medallariga ega chiqqan. SSSR Olimpiya terma jamoasida esa bitta uchrashuvda maydonga tushgan.

“Paxtakor” jamoasi tashkil etilgan dastlabki yillardanoq Stadnik o'zining iqtidori bilan boshqalardan ajralib turdi. Ushbu hujumchi klubda o'tkazgan yillari mobaynida Gennadiy Krasnickiy bilan ajoyib tandem hosil qilgan holda jamoani muvaffaqiyat sari etakladilar. 1962 yilda mazkur ikki o'yinchiga Moskvaning “Dinamo” jamoasi qiziqish bildira boshlagandi. Krasnickiy Toshkentda qolishga qaror qildi.

Stanislav Stadnik tepa qatorda chapdan ikkinchi


Stadnik esa Rossiya tomon yo'l oldi. U ushbu jamoa tarkibida 1962 yil 2 may kuni Belarus klubiga qarshi uchrashuvda debyutini nishonladi. Boshlang'ich tarkibda dastlabki daqiqalardan harakat qilgan futbolchi 81-daqiqada “Dinamo”ga g'alaba keltirgan ikkinchi golga mualliflik qildi. 1962/1963 yillarda moskvaliklar safida 18ta o'yinda qatnashib 2ta gol urdi va yana “Paxtakor”ga qaytdi.

Stadnikdagi aniq paslar, ajoyib texnika va aqlli taktik harakatlarga ega edi. Uning kamchiliklaridan boshlang'ich tezligi pastligida edi. Toshkentga qaytganidan so'ng uch yil o'tgach bosh murabbiy Mixail Yakushin bilan yuzaga kelgan mojaro sababli jamoadan ketishga majbur bo'ldi.

U faoliyati davomida “Qayrat”, “Tashavtomash”, “Trud” (Jizzax), “Xonqa”, “Politotdel” kabi jamoalarda to'p tepdi. Faoliyatini yakunlagach malum muddat murabbiy sifatida ishladi.

Stanislav Mitrofanovich 1998 yil 19 dekabrda Toshkentda vafot etdi.


Stanislav Stadnik xotira turniri 




Mavlon SHukurzoda
O'zbek tiliga Abdulaziz Iskandarov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика