So’nggi yangiliklar

14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  0 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  28 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0

"Paxtakor-79"ni xotirlab: Yuriy Zagumennix Yangiliklar

"Paxtakor-79"ni xotirlab: Yuriy Zagumennix

CHap qanot himoyachisi Yuriy Zagumennix kuchli irodasi bilan og'ir jarohatdan keyin ham futbolga qayta olgandi.

Yuriy Zagumennix 1947 yil Rossiyaning Vladivostok shahrida tug'ilgan. Ota-onasidan erta judo bo'lgan Yura va ukasini maxsus o'quv yurtiga qabul qilishadi. O'sha erda o'qish jarayonida ular bo'sh vaqt bo'lishi bilan futbol o'ynashardi. Zagumennixning katta futbolga kirib kelishida Valentin Saenko va Aleksandr Kochetkovning hissasi katta bo'lgan. Kochetkov unga deyarli otadek bo'lgan. 17 yoshdayoq bu murabbiy uni Vladivostokning "Luch" jamoasiga qabul qilgan. Asta-sekinlik bilan mashg'ulotdagi maslahatlarni o'zlashtirib borgan Yura tez orada asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. To'pni yaxshi boshqarishi, autdan to'pni juda uzoqqa etkazib berishi, oxirigacha o'ynashi va taslim bo'lmasligi kabi jihatlar Zagumennixni ajratib turardi. Uch mavsum to'liq asosiy tarkibda o'ynagach, 1970 yil SSSR Kubogi uchrashuvi doirasida "Zenit" bilan bahsda ajoyib o'yin namoyish qilgandan keyin unga "Zenit"dan taklif tushadi. Bunga javoban Yura faqat asosiy tarkibdan joy kafolatlangan taqdirda o'tishini malum qiladi. Oxir-oqibat "Zenit" uning shartiga ko'nadi. Keyingi besh mavsumda u "Zenit"da chap qanot himoyasidagi o'rnini hech kimga berib qo'ymadi. Ajoyib harakatlari bilan barchaning olqishlariga sazovor bo'ldi. 1972 yil SSSRning eng kuchli 33 futbolchilari ro'yxatidan o'rin oldi.

1975 yil Zagumennix mashg'ulotda umurtqasidan jiddiy jarohat oldi. Murakkab operaciyadan so'ng unga ikkinchi guruh nogironligini berishdi. 7 oy mobaynida Yura to'shakka mixlanib yotdi. Biroq u taslim bo'lishni xayoliga keltirmadi - imkon bo'lishi bilan yotib, o'tirib, emaklab mashq qilishni boshladi. Asta-sekinlik bilan oyoqqa turdi va yugurishni boshladi. Unga faqat o'tirib ishlash kerakligini aytishgan bo'lsa-da, katta futbolga qaytdi. Ammo "Zenit"da unga rad javobini berishdi. Bu paytda Aleksandr Kochetkov "Paxtakor"ni boshqarayotgandi. Qadrdon murabbiy uni Toshkentga kelishga ko'ndirdi. Albatta, ikki yil futbol o'ynamagan Yurani olib kelishda Kochetkov jamoa rahbariyatini amallab ko'ndirgandi.

1977 yil "Paxtakor" safida 37 o'yinda 4 gol muallifiga aylanib, jamoaning oliy ligaga qaytishiga katta hissa qo'shdi. 1978 yil yuqori ligada 28 uchrashuvda 2 to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Jamoaga juda tez kirishib ketishi bilan Zagumennix murabbiylarda muammo tug'dirmasdi. Toshkentda ham qisqa vaqt ichida u ishqibozlar yoqimtoyiga aylandi. 1979 yil u 15 bahsda ishtirok etib ulgurgandi. O'sha yili yozda Yuriy Morozov uni "Zenit"ga yana taklif etgan va Zagumennix yig'inda ishtirok etgandi. Oleg Bazilevich esa Yurani qo'yib yuborishga rozi bo'lmagandi. Minskka yo'l olish chog'ida Yuriy Zagumennix jamoadoshlari bilan birga aviahalokatga uchradi.

Bugungi kunda Vladivostokda har yili Yuriy Zagumennix xotirasiga bag'ishlangan musobaqalar tashkil etiladi. Uning ushbu hudud futbolida tutgan o'rni juda yuqori baholanadi. "Zenit" tarixida esa u eng kuchli 55 futbolchi ro'yxatiga kiritilgan.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика