So’nggi yangiliklar

15:41Элдор Шомуродов "Викинг"га қарши баҳсдан сўнг нималар деди?  1 15:13Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  2 14:46"Манчестер Сити" Родриго борасида "Реал" билан музокараларни бошлади  0 14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  7 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  5 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  16 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  11 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  8 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   32 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  19 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  3 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1

"Paxtakor-79"ni xotirlab: Vladimir Makarov Yangiliklar

"Paxtakor-79"ni xotirlab: Vladimir Makarov

Vladimir Makarov ko'pchilik tomonidan aqlli futbolchi sifatida etirof etilardi.

Vladimir Makarov 1947 yil Dushanbe shahrida tug'ilgan. Yarim himoyadagi aqlli o'yinlari bilan ajralib turgan. U jamoadoshlarini hech kim kutmagan uzatmalar bilan qulay vaziyatlarga chiqarishda mohir edi.

Futbol bilan shug'ullanishni Vladimir 1957 yil boshlagan. Birinchi murabbiyi Nikolay Potapov bo'lgan. Uning katta futboldagi ilk jamoasi Dushanbening "Energetik" klubi bo'lgan. Ikkinchi ligada Makarov 8 mavsum davomida 277 uchrashuvda maydonga tushib, 49 gol muallifiga aylangan.

Ushbu jamoadagi muvaffaqiyatli o'yinlari Odessaning "CHernomorec" jamoasi murabbiylari diqqatiga tushdi. Birinchi ligadan oliy ligaga ko'chib o'tgan Makarov debyut mavsumining o'zidayoq 30 uchrashuvda 13 to'p kiritib, SSSR oliy ligasida eng yaxshi mavsumini o'tkazgan "CHernomorec" to'purariga aylandi. Odessa klubi chempionat bronza medallariga ega chiqdi. Yil yakunida Makarov chempionat debyutantlari ramziy jamoasiga kiritildi. Ukrainaning eng yaxshi 33 o'yinchisi qatoridan joy oldi. Navbatdagi mavsumlarda esa jarohat sababli muammolarga duch keldi. Odessadagi uch yildan keyin yana "Pomir"ga qaytib, ajoyib mavsum o'tkazdi.

Natijada unga "Paxtakor"dan taklif bo'ldi. 1978 yilgi mavsumni u Toshkentda boshladi. Jamoada Vladimir eng tajribali futbolchi sanalardi. Yarim himoyada jamoadoshlari bilan tez chiqishib ketdi. Birinchi mavsumdayoq 5 gol muallifi bo'ldi. 1979 yil u to'p kiritib ulgurmagandi. CHempionatdagi 15-o'yinda maydonga tushish uchun Minskka yo'l olish chog'ida u "Paxtakor" bilan aviahalokatga uchradi.

Makarovning yuragida muammo bo'lishiga qaramay, u futbolchilik faoliyatini juda yaxshi o'tkazgan. Ortiqcha yuklamalar olish mumkin bo'lmasa-da, butun umrini futbolga bag'ishladi. 2001 yil Vladimir "CHernomorec" jamoasining barcha davrdagi ramziy jamoasiga kiritildi. Odessaning o'tgan asrdagi eng yaxshi futbolchilari ro'yxatidan o'rin oldi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика