So’nggi yangiliklar

13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  0 13:30Суперлига. 20-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Хоразм" ва "Сурхон"да йўқотишлар мавжуд  3 13:12Дуглас Луис АПЛга қайтмоқда  0 12:43Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум  1 12:32АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди  0 12:04"Замонавий дарвозабон фақат сейв эмас, жамоа ўйини қуриш ва оёқда ўйнашни ҳам билиши керак" - Денис Иванков билан интервью   2 11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   7 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  4 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  13 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  4 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  4 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  2

"Paxtakor-79"ni xotirlab: Sirojiddin Bozorov Yangiliklar

"Paxtakor-79"ni xotirlab: Sirojiddin Bozorov

Yosh hujumchi endigina asosiy tarkibga kirishga davogarlik qilib kelayotgandi.

Sirojiddin Bozorov 1961 yil Samarqand viloyati Narpay tumanida tug'ilgan. Bolaligidan futbol bilan shug'ullanishi natijasida 1972 yil Respublika sport-internatiga o'qishga kirdi. CHidamlilik, epchillik va maqsadga intilishi, futbolni juda sevishi bilan alohida ko'rinib turardi. Birinchi ustozi Vadim Yatchenko unga millionlar o'yini sirlarini o'rgatgan. Ikki yildan so'ng O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safiga chaqirigan. Internatning 10-sinfida o'qib yurish chog'ida u "Paxtakor"ning o'rinbosarlar jamoasi tarkibida o'ynagan.

1978 yil sobiq Ittifoq yoshlar Spartakiadasida O'zbekiston yoshlar termasi tarkibida kumush medalga sazovor bo'lgan.

Sirojiddin aviahalokatda dunyodan ko'z yumgan o'n etti futbolchi orasida eng kichigi edi. 10 avgust kuni u 18 yoshga to'lgandi. Fojiadan ikki kun oldin Sirojiddin institutga kirish uchun imtihonlardan birini muvaffaqiyati topshirib chiqqan. Minskka yo'l olishni xohlamagani haqida ko'pchilik eslaydi. Imtihon sababli o'rinbosarlar bilan uchmagani, asosiy tarkibda jarohat ko'pligi tufayli u asosiy tarkibda tushishi mumkinligi to'g'risida bir necha odam eslab o'tgan. Onasini ko'rib kelish uchun Samarqandga otlanishni xohlagani, pasportini Qibraydagi bazada qoldirib ketgani haqida aytilgan. U "Paxtakor" asosiy tarkibida maydonga tushib ulgurmasdan 18 yoshida halok bo'lgan.

Sirojiddin Bozorov Samarqand viloyati, Narpay tumanida o'zi tug'ilib o'sgan Tortuvli qishlog'i qabristoniga dafn etilgan.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика