"Paxtakor-79" PFL talabini bajarmagani uchun Birinchi ligadan chetlashtirilishi mumkin
19 apr 11:22
Yangiliklar
"Paxtakor-79" PFL talabini bajarmagani uchun Birinchi ligadan chetlashtirilishi mumkin
"Paxtakor-79" jamoasining xorijiy investori bilan bog'liq qator muammolar mavjud.
Liga unga so'nggi imkoniyatni taqdim etib, MCHJ O'zbekiston qonunlari asosida yurtilishi shartligi, buxgalteriya hisoboti qay tartibda amalga oshirilishi yuzasidan kerakli ko'rsatmalar bergan. Qo'shimchasiga mazkur masalalarda ko'maklashish uchun jamoaga ikki nafar mutaxassis biriktirilgan.
SHunga qaramay, "Paxtakor-79" talabni o'z vaqtida bajargani yo'q. Jamoada oylik-maoshlar to'lash va umuman, moliyalashtirish bilan bog'liq muammolar mavjud. Mana shularni inobatga olgan holda Liga Angrenga o'z rasmiylarini yubormadi. Jamoa bir necha kun ichida vaziyatni o'nglashi talab etiladi. Aks holda "Paxtakor-79" musobaqadan chetlashtiriladi.
Fikrlar