"Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar karantin sababli o'tkazilmaydi
10 avg 2020 19:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/585975_original.jpg)
![](/upload/storage/585975_220.jpg)
"Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar karantin sababli o'tkazilmaydi
Har yili 11 avgust kuni 1979 yil aviahalokatda hayotdan ko'z yumgan afsonalar yodga olib kelinadi.
Ushbu jamoa azolari doimo barchamizning qalbimiz va xotiramizda yashaydi. Afsuski, bu yil koronavirus pandemiyasi sababli nafaqat O'zbekiston, balki dunyo bo'ylab minglab turli tadbirlar bekor qilindi. Ayni paytda yurtimizda karantin holati davom etmoqda. Karantin qoidalariga ko'ra, odamlar ko'p to'planadigan ommaviy tadbirlar o'tkazish taqiqlangan. SHu tufayli 11 avgust kuni doimiy ravishda "Paxtakor" stadioni va "Botkin" qabristonida o'tkazib kelingan rasmiy tadbirlar bekor qilinadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar