

O'yinda "Lokomotiv" amaldagi chempionni 3:0 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa, "Paxtakor" Superligada 2020 yil 25 noyabrdan buyon (1205 kun) ilk bor yirik hisobda mag'lub bo'ldi.
O'shanda "sherlar" Qarshida "Nasaf"ga 0:3 hisobida yutqazishgandi.
"Paxtakor"ning o'sha kungi asosiy tarkibi quyidagicha bo'lgan. Kechagi bahsda faqat Dragan Cheran va Dostonbek Hamdamov "sherlar" safida maydonga tushishdi.




