"Paxtakor" 10 kishi bo'lib "Naft Tehron"ni mag'lub etdi
24 fev 2015 18:25
Yangiliklar


"Paxtakor" 10 kishi bo'lib "Naft Tehron"ni mag'lub etdi
"Paxtakor" (O'zbekiston) - "Naft Tehron" (Eron) 2:1 24 fevral 2014. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 8650 muxlis. Gol: Kaxi Maxaradze 47, Ali Gorbani 59, Sergeev 84. Zaxira: Nikita Ribkin, Murod Holmuhamedov, Jaloliddin Masharipov, Javohir Sohibov, Navro'zbek Alimov, Bahodir Pardaev, Vladimir Kozak. Ogohlantirishlar: Vohid Amiriy 41. CHetlatish: SHerzodbek Karimov 48.
Hakamlar: Masaaki Toma, Nagi Toshiyuki, Ochi SHinji, Okabe Takuto (barchasi Yaponiya).
"Paxtakor": 12.Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimec, 4.Adnan Oraxovac, 5.Akbar Ismatullaev, 7.Kaxi Maxaradze, 8.SHerzodbek Karimov, 10.Jamshid Iskanderov (Jaloliddin Masharipov 65), 11.Igor Sergeev, 23.Aleksandr Merzlyakov, 24.Davronbek Hoshimov, 28.Stanislav Andreev (Vladimir Kozak 56).
"Naft Tehron": 1.Alirizo Beiranvand, 2.Mehdi SHiri, 5.Amin Hojmuhammadi, 6.Alirizo Izzati, 9.Vohid Amiri (Bozar Abbos 79), 10.G'ulomrizo Rizoi (Siamak Kooroshi 90), 11.Kamoliddin Kamyabinia, 13.Vohid Hamdinejad, 20.Leandro Padovani, 23.Iman Mobali, 31.Ali Gorbani (Arsalan Mottahari 71).
Zaxira: Vohid SHeyxeyveysi, Siamak Kooroshi, Husayn Ibrohim, Said Lotfi, Bozar Abbos, Arash Rezavand, Mortazo Puraliganji, Arsalan Mottahari.
Hakamlar nazoratchisi: Ali Hamad Al Badvavi (BAA).
Komissar: Juang Song (Xitoy).
"Paxtakor" 7 marta Eron klubi ustidan g'alaba qozondi.
Barcha-barchani "Paxtakor"ning Osiyo CHempionlar ligasi 1-tur uchrashuvdagi g'alabasi bilan tabriklaymiz!!!
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+3. Raqibning so'nggi burchak to'pi. Palapartish harakatlar natijasida to'p maydonni tark etdi.
90+1. O'zgarish. Rizoi o'rniga - Koroshi.
90. Masharipovning to'p oshirishiga Sergeev eta olmadi.
89. "Naft"da burchak to'pi. Lobanov burchak to'pini bartaraf etdi.
88. Raqib futbolchisi "Paxtakor" jarima maydonchasi ichida Oraxovacga qo'pollik ishlatdi.
86. Raqibning xavfli hujumini Lobanov bartaraf etdi.
84. GOOOOLLLL!!!!! IGOR SERGEEV!!!!!! KOZAKNING KUCHLI ZARBASINI QAYTARGAN DARVOZABON SERGEEVGA ULGURA OLMADI!
84. Biznikilar uchun navbatdagi jarima to'pi. Yana darvozaga zarba berishadi shekilli.
To'p uzatilganidan so'ng hech kim to'pni darvozaga to'g'irlab qo'ya olmadi.
82. Biznikilarda yana standart. Bu safar uzoqroqdan.
81. Kozakning zarbasi Regbidagidek osmonga qarab uchdi.
Bunday joylardan Mirjalol Qosimov gol urar edi, ammo ...
80. Raqib jarima maydonchasi yonginasida "Naft" futbolchilari qoida buzdi. Jarima to'pini kim tepar ekan.
79. Masharipov raqib maydonchasiga to'pni tashlab berdi, Sergeevning zarbasi juda noaniq.
78. O'zgarish. Amiriy o'rniga Bozar Abbos.
77. Burchak to'pi ham foydasiz yakunlandi.
76. Paxtakorchilar qulay imkoniyatni qo'ldan chiqardi, ammo burchak to'pi ishlab olishdi.
75. Bugun stadionga 8650 nafar muxlis tashrif buyurgani elon qilindi.
"SHerlar"da xafli standart. Krimec jarima to'pini osmonga uchirib yubordi.
73. Mobalining uzoq masofadan bergan zarbasini Lobanov ushlab oldi.
O'zgarish. Gorbani o'rniga Mottahari.
71. Merzlyakovdan zarba! Ammo undan oldin yon hakam bayroqchasini ko'tarib bo'lgan ekan!
70. Mana o'sha muxlislar.
69. Davronbek Hoshimov uzoq masofadan raqib darvozasiga zarba berdi, ammo noaniq.
66. "Paxtakor"ning jismoniy tayyorgarligi raqibnikidan sustroq ekanligi bilinib qolyapti. Bunga sabab, O'zbekistonda futbol mavsumi boshlanmagani bo'lsa kerak.
65. O'zgarish. Iskanderov o'rniga Masharipov.
64. Jaloliddin Masharipov maydonga tushishga tayyor
61. O'yindagi ustunlik raqib qo'liga o'tgan. "Paxtakor" muxlislari esa "Tolko pobeda" deya o'z futbolchilarini qo'llab turibdi.
59. Gol! Ali Gorbani ikki himoyachimiz orasidan zarba berdi, darvozabon ham to'pni ko'rmay qoldi!
56. O'zgarish. Andreev o'rniga Kozak maydonga tushdi.
55. Raqib yiqilishlari ko'payib boryapti. Hakam ham ularga jarima to'pini beryapti.
53. Sergeevda yaxshi imkoniyat, ammo u imkoniyatdan foydalana olmadi!
52. Hakamga "rahmat" aytib o'yinni kuzatishda davom etamiz.
48. Qizil kartochka. Tushunarsiz qaror. SHerzodbek Karimov maydonni tark etyapti.
47. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL! MAXARADZEEEEE!!!! SHerzodbek Karimovning javohirona pasini Kaxi golga aylantirdi!!! BARAKALLA AZAMATLAR!!!
46. Merzlyakov Mehdi SHirining reydini yo'qqa chiqardi. Vohid Amiriyning yon chiziqda jarima maydonchasiga etkazib bergan to'pini himoyachilar bartaraf etdi.
45. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
- Bu uchrashuvni Mirjalol Qosimov va SHuhrat Maqsudov ham maydonda kuzatib boryapti.
Birinchi bo'lim yakunlandi.
46. "Naft" futbolchisi darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatda gol ura olmadi! LOBANOVDAN SEYV!!!
45. Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi.
44. Stadionga yig'ilgan muxlislar "Paxtakor"ni olg'a boshlashmoqda. Bazilar futbolchilarning ismini aytib olg'a deb baqirishmoqda
41. Sariq kartochka. Vohid Amiriy.
38. "Paxtakor"da standart. Burchak to'pi.
37. "Paxtakor"ga taxminan 5 mingga yaqin muxlis tashrif buyurgan. Rasmiy malumot uchrashuvning 75 daqiqasida elon qilinadi.
35. Merzlyakov chap qanotdan to'pni maydon markaziga etkazib berdi, ammo to'p o'z manziligacha etib bormadi.
33. "Paxtakor" hujumga o'tishga qiynalyapti.
32. "Naft"ni qo'llab quvvatlash uchun stadionga taxminan 20 nafar muxlis kelgan. Ularga alohida sektor ajratilgan.
31. Mehdi SHiri "Paxtakor" jarima maydonchasi ichidan darvozaga zarba berdi, ammo baxtimizga bu zarba noaniq.
29. Iskanderovning "aqlli" paslariga jamoadoshlarining tezligi etishmayapti.
28. "SHerlar"da himoyadagi xavfli to'p uzatishlar ko'payib ketyapti.
27. Himoyada xatolik, darvozabonga etkazib berilgan to'pga birinchi bo'lib raqib hujumchisi etib kelishi mumkin edi, ammo Lobanov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Hujumchi esa "Paxtakor" darvozaboniga jarohat etkazishi mumkin edi.
26. Merzlyakovning chap qanotda etkazib bergan to'pi noaniq chiqdi.
25. "SHerlar" yana qarshi hujumga o'tishga urinib ko'rdi, ammo Iskanderov to'pga eta bilmadi.
24. Eronliklar burchak to'pi ishlab oldi.
23. "Naft" futbolchisining jarima maydonchaga etkazib bergan to'pini paxtakorchilar bir amallab qaytarib qoldi.
22. Davronbek Hoshimov o'z qanotida qoida buzdi. Raqibda xavfli standart.
21. Maydon markazida biznikilar to'pni olib qo'yib qarshi hujumga o'tgandi, ammo noaniq pas hujumga nuqta qo'ydi.
20. "Naft" jamoasining hujumlari ko'payib boryapti.
18. Jamshid Iskanderov jussasi kichkina bo'lishiga qaramay elkama-elka kurashlarda raqibga imkon bermayapti.
17. Andreev to'pni maydon markazida raqibdan olib qo'ygan edi, ammo qarshi hujum amalga oshishi uchun raqib halaqit qildi.
16. Muxlislar "Paxtakor, Paxtakor" deya maydondagi futbolchilarni qo'llab turishibdi.
14. Qoida buzish bo'yicha hisob 2:1.
11. Himoyachilarimizga "BALLI"!!! Ular qoidani buzmay bir necha marotaba raqibdan to'pni olib qo'yyapti.
10. "Paxtakor" asta-sekinlik bilan o'yindagi ustunlikni o'z tomoniga og'diryapti.
6. "Naft"ning ilk hujumini himoyachilarimiz bartaraf qildi.
5. Davronbek Hoshimov juda faol harakat qilyapti.
3. Paxtakorchilar maydonning barcha chizig'ida faol.
1. ZARBA!!!!!!!!!!!!!!! To'p darvoza to'siniga tegdi, qaytgan to'pni yana bir bor futbolchilarimiz darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi. Darvozabon bir amallab to'pni ushlab qoldi. Igor Sergeev zarbasiga kuch etishmadi. Qoyil "Paxtakor".
0. Uchrashuv boshlandi.
- "Paxtakor"da bugun Maxaradze sardor.
- Ikkala jamoa ham maydonga chiqib kelyapti.
- Hozirgina yana yangi xabar keldi, "Naft Tehron" OCHL debyutanti bo'lganligi uchun biroz hayajondaligi bilinib qoldi. Ular zaxira tarkibiga darvozabon Vohid SHeyxeyveysini qo'shishdi.
- Ayni paytda Toshkentda 3 daraja issiq. Namlik 93 foiz. 16 km/soat tezlikda shamol esmoqda
- Malumotlarga ko'ra, raqib zaxirasida darvozabon yo'q ekan.
- Ayni damda "Paxtakor" Markaziy stadioniga 2 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurgan.
- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. 2015 yil O'zbekiston xalqaro futbol mavsumini "Bunyodkor" g'alaba bilan boshlab berdi. Bugun "Paxtakor" ushbu bayramni davom ettiradi deb umid qilamiz. Bir necha daqiqalardan so'ng "Paxtakor" - "Naft Tehron" uchrashuvi boshlanadi.

Fikrlar