So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  0 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1

Pavel Smolyachenko: "Yangi mavsumdan umidim katta" Yangiliklar

Pavel Smolyachenko: "Yangi mavsumdan umidim katta"

"Neftchi"ning iqtidorli futbolchisi Pavel Smolyachenko yaqinda "Futbol ekspress" gazetasiga intervyu berdi.
- Tatildan keyin mashg'ulotlarga kirishib ketish oson bo'lmasa kerak?

- Hozircha tiklanish jarayoniga asosiy etibor qaratilayotganligi tufayli qiynalayotganimiz yo'q. qolaversa, bunday holatga ilk bor duch kelmayapman. Mavsum yakuniga etgach, tatilga chiqib, butunlay dam olishga berilmasdan, formani ushlab turish maqsadida oz-moz do'stlar bilan futbol o'ynab turdik.

- Dam olish uchun biror mamlakatga bormadingizmi?

- Yaqinlarimning holidan xabar olish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo'ldim. SHu bahona hordiq chiqarib qaytdim.

- O'zingiz o'zbekistonliksiz-ku?

- Bir qator qarindoshlarimning Rossiyaga ko'chib ketishganiga 10 yil bo'ldi. Bu erda onam bilan istiqomat qilamiz.

- Yaqin oradagi rejalar qanday? Neftchidagi shartnomangiz shu yil oxirida yakuniga etsa kerak?


- Tugadi. Muzokaralar qanday natija bilan intiho topishini hozircha bilmayman. Boshqa jamoalarga o'tish haqida esa o'ylab ko'rganim yo'q.

- Neftchida qolish sizga har tomonlama qulay ekanligini taxmin qilish mumkin.

- Albatta. Kelishuvning qanday yakun topishini kutaylik-chi.

- Jamoada etakchilardan biriga aylanishdan tashqari yuqori darajaga chiqib borishingizga ko'pchilik umid bildirishda davom etmoqda.

- Yangi darajaga chiqishni xohlayman. Keyingi yillarda orttirgan jarohatlar ko'p bezovta qildi. Deyarli etti oy maydon tashqarisida bo'ldim. Hozir ko'z tegmasin, holatim yomon emas. Yangi mavsumdan o'zimning ham umidim katta.

- O'tgan mavsumni jarohatsiz o'tkazgandingiz...

- Ozgina omad etishmadi. O'zim o'ynab o'rganmagan boshqa chiziqlarda harakat qilganligim sabab bo'lgandir, bilmadim.

- Tarkib ham deyarli yangitdan shakllandi. Taklif etilgan ijrochilar bilan til topishib ketish ancha vaqt oladi, to'g'rimi?


- SHubhasiz yakunlangan chempionatni biz uchun omadsiz o'tdi deyish mumkin. Hech birimiz o'zimizning ijobiy tomonimizni barqaror tarzda namoyon eta bilmadik.

- Yangi mavsumdan nima kutmoqdasiz?

- Yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlab, harakatlarimni maromiga keltirib borishim zarur. Musobaqa jadvalida yanada yuqoriroq o'rinda bo'lishimizni istardim. 8-pog'ona  Neftchiga yarashmaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика