Pavel Nedved: "Maksning qo'li ostida jamoa ancha kuchaymoqda"
25 noy 2014 22:28
Yangiliklar


Pavel Nedved: "Maksning qo'li ostida jamoa ancha kuchaymoqda"
"Yuventus" sport direktori lavozimida ish olib borayotgan Pavel Nedved jamoaning o'yini haqida gapirib o'tdi.
"Lacio"ga qarshi o'yinda "Yuventus" ajoyib shouni taqdim etib berdi. Jamoa ancha yaxshi o'ynadi. O'ylaymanki, o'yin borasida hali yana ancha o'sishga erishiladi. "Yuventus" o'zining yangi o'yin uslubiga ega bo'lmoqda. Massimilioano Allegri qo'li ostida jamoa kuchaymoqda. Endigi asosiy vazifa "Malmyo" ustidan g'alaba qozonish bo'ladi. Skudetto? CHempionlik uchun kurashda nafaqat "Roma" jamoasi, balki "Napoli" va yaqindagina "Inter" boshqaruviga o'tgan Manchinining jamoasi bilan ham hisoblashishimizga to'g'ri keladi.

Fikrlar