Pavel Bugalo Lokomotivni tark etdi?
06 okt 2013 15:01
Yangiliklar

Pavel Bugalo Lokomotivni tark etdi?
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi darvozasini oxirgi paytlarda Pavel Bugalo emas balki Temur G'aniev qo'riqlab kelmoqda.
Boisi tajribali posbon Pavel Bugaloning klubni tark etgan. 39 yoshli darvozabon oxirgi uch mavsumdan buyon "Lokomotiv" jamoasi darvozasini qo'riqlab kelayotgandi. SHu vaqt oralig'ida u ko'plab o'yinlarda jamoadoshlarini maydonga sardor sifatida boshlab tushdi. Ammo olingan malumotlarga ko'ra, 39 yoshli golkiper "temiryo'lchilar" bilan xayrlashgan. Bunga nima sabab bo'lgani hozircha malum emas.
Bugalo bu bilan qo'lqoplarini mixga ilmoqchi emas. Sababi mahoratli posbon sport formasini ushlab turish maqsadida "NBU-Osiyo" maydoni bo'lmish "Yoshlik" stadionida mashg'ulot o'tkazib turibdi. Faoliyati davomida ko'plab klublar sharafini himoya qilgan darvozabonning keyingi taqdiri qanday kechishini vaqt ko'rsatadi.

Fikrlar