So’nggi yangiliklar

14:08Агент Клоппнинг "Рома"га тайинлови масаласида баёнот берди  0 13:44ЎФА вакиллари "Шўртан" футбол академиясида бўлди  0 13:25"Бунёдкор" "Навбаҳор" билан ўйинда адолатсизликка учрадими? Суперлиганинг 10-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  5 13:10Ёзда эркин агентга айланадиган АПЛ футболчилари  1 12:42"Цементчи" "Арал" билан ўйин учун Нукусга бормайди. Жамоага техник мағлубият ёзилди  3 12:13"Милан" ярим ҳимоячиси "Реал"ни эмас, "Манчестер Сити"ни танлади  3 11:45"Артета эффекти": Райс "Арсенал"да олдинги фаолиятидагидан кўра кўпроқ гол урди  1 11:12Бразилиялик афсона ёнғин оқибатида касалхонага тушиб қолди  5 10:36ЦСКА устози кечаги учрашувдан сўнг Файзуллаев ҳақида фикр билдирди  9 10:05"Ливерпуль", "Бавария" собиқ футболчиси 42 ёшда футболчилик фаолиятини якунланади  3 09:34Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур баҳслари давом эттирилади  1 09:03Модричнинг "Реал"даги келажаги маълум  10 08:31Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди  6 08:00Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  7 07:32ОКМК - "Нефтчи" ўртасидаги супер баҳсдан ёрқин ФОТОГАЛEРEЯ  2

Pavel Bugalo: “Jamoamizga finalda agressivlik etishmadi” Yangiliklar

Pavel Bugalo: “Jamoamizga finalda agressivlik etishmadi”

AGMK uchun yakunda muvaffaqiyatsiz yakunlangan O'zbekiston Kubogi final uchrashuvidan so'ng, jamoa darvozabonlar murabbiyi Pavel Bugaloga o'zimizni qiziqtirgan savollar bilan yuzlandik.

- Bugungi final uchrashuvi haqida ikki og'iz fikringiz. Sizningcha ikki jamoa ishtirokidagi o'yin final nomiga mos bo'ldimi?
- Kurashlarga boy bo'ldi. Fikrimcha o'yin stadionga tashrif buyurgan ishqibozlarga manzur bo'ldi. “Paxtakor” kuchli jamoa, tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilar yig'ilgan. Agarda, biz birinchi gol urganimizda bari boshqacha kechishi mumkin edi. Yigitlarga raxmat, ular qo'lidan kelgan barcha ishni qilishdi.

- Deyarli barcha masalani Dragan CHeranning o'zi hal qildi. Uni yopish yoki himoyalash uchun alohida reja tuzilganmidi?

- Ha, albatta. Unga qarshi qanday o'ynash kerakligini tushuntirilgan edi. Xavfli futbolchi, uzoqdan zarbalarni mukammal ijro etadi. Nima bo'lganini ko'rdingiz. Jamoamizga biroz agressivlik etishmadi. Yakka kurashlarda raqibga mag'lub bo'ldik.



- Birinchi golga qadar himoyaga etibor qaratildi. Biroq, goldan so'ng taktika ham o'zgardi...

- Gol o'tkazib yuborilgandan so'ng, xohlaymizmi yo'qmi oldinga o'tish shart. Gol urishimiz kerak edi. Ikkinchi goldan so'ng butkul kayfiyat tushib ketdi.

- Bugungi o'yinda zaxira o'rindig'ini torligi pand bermadimi? Maydonga tushgan yangi kuchlar kutilganidek o'yinni kuchaytira olishmadi...

- O'yinni o'zgartira oladigan futbolchilarimiz bor edi. Ammo...o'xshamadi.

Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика