So’nggi yangiliklar

22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  9 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  648 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  1 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  1 20:28ЦСКА — "Крилья Советов". Файзуллаев захирада  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  143 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1 20:00А Серия. Бугун "Интер", "Милан" ва "Аталанта" ўйнайди  1 20:00Бундеслига. Бугун "Байер", "Боруссия" ва "Айнтрахт" ўйнайди  0 19:58АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" ғалабага эришди, "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Вулверхэмптон"га мағлуб бўлди  20 19:55Суперлига. ОКМК ўз майдонида камбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  17 18:57ҚПЛ. Мухторовнинг 83-дақиқада урган голи "Турон"ни "Астана"га қарши ўйинда мағлубиятдан асраб қолди  0 18:22Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим этди, "темирйўлчилар"да 3 та ўйинда 3 та ғалаба  1

Paulu Barboza: CHempionlikda Santushning ulushi katta Yangiliklar

Paulu Barboza: CHempionlikda Santushning ulushi katta

Taniqli futbol agenti Paulu Barboza Portugaliya terma jamoasining Evropa chempionatidagi g'alabasi borasida fikrlarini bildirib o'tdi.
- G'alabadan so'ng hissiyotlar qanday? Yarim finaldan oldin Portugaliya terma jamoasi ko'ngildagidek o'yin namoyish qilolmayapdi, degandingiz.

- G'alaba qozonish bilan yaxshi o'ynashning farqi bor. Portugaliya faqatgina qo'shimcha vaqtlarda yaxshi o'ynadi. Franciya asosiy vaqtda tashabbusga ega bo'ldi. Yana qaytaraman, biz chempionat davomida ko'ngildagidek o'yin namoyish qila olmadik. Bu - fakt. Lekin shunga qaramay terma jamoa finalga qadar etib bordi. Boshqa tarafdan Islandiya, Polsha, Uels kabi jamoalarni kuchli raqib deya olmayman. Finalda esa jiddiy raqibga to'qnash keldik.

Ehtiroslar haqida gapiradigan bo'lsam, barcha hamyurtlarim singari Portugaliyaning chempion bo'lishini istagandim. Mamlakatda hozir katta bayram. Jamoa Ronaldusiz ham g'alaba qozonish mumkinligini isbotladi. Ular Oltin avlod (Figu, Ruy Koshta va boshqalar) qilolmagan ishni uddalashdi.

- Siz Portugaliyani Ronaldusiz o'ynasa yaxshi bo'larkan, dedingiz. Sardorsiz jamoaning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Menimcha, yaxshi o'ynashdi. Jamoa Krishtianusiz o'ynasa, hujumda variantlar ko'p bo'ladi. Ronaldu maydonda bo'lsa, o'yin u orqali tashkillashtiriladi. SHu tariqa variantlar kam bo'ladi. Bu bilan sardorni zaxiraga o'tqazib qo'yish kerak, demoqchi emasman. SHunchaki, jamoa unga bog'lanib qolmasligi lozim. Agar Ronaldu formada bo'lmasa, jamoa hech nima qilolmay turaveradi.

- Payet va Ronalduning to'qnashuvi borasidagi fikringiz? Franciyalik futbolchi aybdormi?

-  Portugaliyada barcha buni baxtsiz tasodif deyishyapti. O'sha vaziyatda Payet to'pga o'ynagandi. Jarohat etkazish istagi bo'lmagan.

- Ronalduni olib chiqib ketishganda, francuzlarni endi yutib bo'lmaydi deb o'yladingizmi?

- Ko'pchilik shunday o'ylagan. Lekin jamoa Ronaldusiz ham Evroda g'olib chiqish mumkinligini isbotladi.

- Krishtianu uchun bu sovrin haqiqatan ham eng muhimmi?

- Agar u shunday degan bo'lsa, ha. Buning ustiga Ronaldu terma jamoa bilan hech nima yutmagandi. Vaholanki, bu g'alaba biroz alamli kechgan bo'lishi mumkin. CHunki jamoa sovrinni uningsiz qo'lga kiritdi.

- Endi u ham Messi singari terma jamoadagi faoliyatini yakunlash haqida o'ylab qolmaydimi?

- Menimcha, Ronaldu bunday qilmaydi. Krishtianu va Messi - boshqa-boshqa insonlar. Agar Krishtianu 40 yoshigacha o'ynasa, terma jamoada ham shuncha o'ynaydi.

- Finalda Portugaliya terma jamoasi safida eng yaxshi o'ynagan kim bo'ldi?

- Ruy Patrisiu! U nafaqat finalda, balki Evropa chempionatining barcha uchrashuvlarida yaxshi bo'ldi. Finalda jamoani bir necha bor qutqardi. CHunki Franciya terma jamoasida gol urish imkoniyatlari ko'p bo'lgandi. Yana finalning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Pepe haqida ham shunday fikrdaman. Lekin, menimcha, bu o'yindagi natija Patrisiuga bog'liq bo'ldi.

- Ederni asosiy qahramon deyish­yapti. Portugaliyada ko'pchilik uni terma jamoaga loyiq deb hisoblamagandi...

- Ha. Haqiqatan ham, bu haqda ko'p gapirishdi. Lekin u yagona hujumchi edi. Finalda esa Eder hujumchi ekanini va terma jamoaga kerakliligini isbotladi. Agar Ronaldu chiqib ketmaganda, Eder bunchalik o'ynay olmasdi.

- Fernandu Santush barcha futbolchilarni maydonga tushirgan Evropa chempionatidagi yagona murabbiy bo'ldi.

- Santushga alohida minnatdorchilik bildirish kerak. Tarixda birinchi bor Portugaliyada kuchli jamoa shakllantirdi. Har bir futbolchi maydonda bor kuchini ishga soldi. Jamoada yulduz ko'p bo'lsa, bunday holat kamdan-kam kuzatiladi. Eng muhimi, Santush har qanday futbolchi har qanday vaziyatda maydonga tushishi mumkinligini ko'rsatib qo'ydi. SHuningdek, u har safar jamoaning turnirda g'olib chiqishiga ishonishini takidladi. Jamoa Franciyaga yo'l olayotganida murabbiy Lissabonga 11 iyul kuni, yani finaldan so'ng qaytishini aytib o'tgandi. Qisqasi, chempionlikda murabbiyning ulushi katta bo'ldi.

- Terma jamoada qaysi futbolchilar sizni hayron qoldirdi?

- Rafael Gerreyra, Ruy Patrisiu va Renatu Sansheshlarni alohida takidlagan bo'lardim. Ular juda yuqori saviyadagi o'yin namoyish qilishdi.

- Agar Benfika Evro-2016 tugashini kutganida Sansheshni 35 million evrodan qimmatroqqa sotishi mumkinmidi?

- Uning transferidan lissabonliklar turli bonuslar orqali 80 million ishlab olishlari mumkin. SHundoq ham Benfika Sansheshni yaxshigina pullagan.

- Qaysi futbolchi ajablantirdi?


- Garchi bu g'alati tuyulsa-da, Ronaldu. U bor imkoniyatlarini yuz foiz ishga solmadi.
 

J.BOBOXONOV tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика