Pau Torres "Yuve"ga qarshi 3:0 haqida: "Morenoning chiqishi o'yinni keskin o'zgartirdi, Ruli esa ajoyib edi"
17 mar 2022 11:47
Yangiliklar


Pau Torres "Yuve"ga qarshi 3:0 haqida: "Morenoning chiqishi o'yinni keskin o'zgartirdi, Ruli esa ajoyib edi"
Pau Torres "Vilyarreal"ning chempionlar Ligasi 1/4 finaliga chiqqani haqida gapirdi.
Ispan klubi himoyachisi "Yuventus"ga qarshi 1/8 final javob o'yini (3,0, ilk o'yin - 1:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Futbolchi ushbu o'yinda o'z hisobiga gol ham yozdirib qo'ydi.
"Reja shunday edi: intrigani imkon qadar uzoqroq saqlab qolish. Bizning bir necha asosiy o'yinchilarimiz zaxirada qolishdi va Jerar [Moreno]ning chiqishi o'yinni keskin o'zgartirdi. Bu top-o'yinchi.
Biz o'yingacha hatto bunday hisobda yutishimizni o'ylamagandik ham. Ularda imkoniyat bo'lishini bilgandik, ammo Ruli ajoyib edi va bizga biroz omad kulib boqdi. Ammo, omadsiz hech narsaning iloji yo'q", - deydi Torres.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar