Pau Torres nega "Vilyarreal"dan "Tottenxem"ga o'tmaganini tushuntirdi
23 noy 2021 14:04
Yangiliklar
Pau Torres nega "Vilyarreal"dan "Tottenxem"ga o'tmaganini tushuntirdi
"Vilyarreal" himoyachisi Pau Torres yozgi transfer oynasida "Tottenxem"ning qiziqishiga qaramay, nega "sariq suvosti kemasi"da qolganini tushuntirdi.
"O'z shahrim jamoasi bilan CHempionlar Ligasida o'ynash xohishi kuchliroq edi. "Vilyarreal" prezidenti menga bosim o'tkazmadi, garchi klub mendan ko'p pul ishlab olishi mumkin bo'lgan bo'lsa ham. Men buni qadrlayman", - deydi Torres.
Oldinroq himoyachining "Tottenxem"ga 60 million evro evaziga o'tishi mumkinligi aytilgan edi.
24 yoshli ispaniyalik joriy mavsum "Vilyarreal" tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar