Pau Torres: "Liverpul" - yaqqol favorit, ammo "Bavariya" va "Yuventus" bilan o'yinlardan oldin ham shunday deyishgandi"
21 apr 2022 16:28
Yangiliklar
Pau Torres: "Liverpul" - yaqqol favorit, ammo "Bavariya" va "Yuventus" bilan o'yinlardan oldin ham shunday deyishgandi"
"Vilyarreal" himoyachisi Pau Torres "Liverpul"ga qarshi CHempionlar Ligasi yarim final ilk o'yinidan nimalar kutayotganini aytdi.
"Hozirda ular yaqqol favoritlar, ammo "Bavariya" va Yuventus" bilan o'yinlardan oldin ham shunday deyishgandi. Syurprizlar namoyish etish uchun shu erdamiz. Bizning yo'qotadigan narsamiz yo'q", - deydi Torres.
Himoyachining qayd etishicha, "Vilyarreal"ning musobaqaning oldingi bosqichlaridagi shov-shuvli g'alabalaridan so'ng mersisaydliklar ispan jamoasiga qarshi masuliyat bilan tayyorgarlik ko'rishadi.
Eslatib o'tamiz, to'qnashuvdagi ilk bahs 27 aprel kuni Angliyada bo'lib o'tadi.
Fikrlar