Pau Lopes "Marsel"ga o'tishi mumkin
25 iyu 2021 11:01
Yangiliklar
Pau Lopes "Marsel"ga o'tishi mumkin
"Roma" darvozaboni Pau Lopes faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
"Marsel" 26 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.
Lopesning italyan klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. O'yinchi ayni damda elkasidan olgan jarohatidan tiklanish bilan band.
Lopes 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 38ta to'p olib chiqdi.
Fikrlar