Patrik SHik: "Daniya engilmas jamoa emasdi"
04 iyu 2021 01:04
Yangiliklar
Patrik SHik: "Daniya engilmas jamoa emasdi"
CHexiya terma jamoasi hujumchisi Patrik SHik Daniya termasiga uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz uchun barchasi tugaganidan hafsalamiz pir bo'ldi. Butun jamoa bilan o'yinni qutqarib qolish uchun bor kuchimizni sarfladik, ammo buning iloji bo'lmadi. Ikkinchi taymda yana bir hujumchini maydonga tushirdik, tezroq o'ynashga intildik. Javob golini urganimdan so'ng, bizda umid paydo bo'ldi. Ammo, o'yin oxirida bizda shunchaki kuch qolmagandi.
Gollar urish borasida men uchun ajoyib turnir bo'ldi. Daniya engilmas jamoa emasdi. Biz o'yin natijasi bunday tugaganidan afsusdamiz", -dedi Patrik SHik chex mahalliy telekanallaridan biriga bergan jonli intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Patrik SHik Evro-2020 turnirida 5 ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Fikrlar