Pato: "Ibragimovich bilan bir jamoada o'ynashni istayman"
14 jan 2021 16:35
Yangiliklar


Pato: "Ibragimovich bilan bir jamoada o'ynashni istayman"
Avgust oyida erkin agentga aylangan forvard Aleshandre Pato "Milan"ga qaytish istagi borligini aytdi.
"Milan" haqida menda iliq taassurotlar qolgan. Biz 150 o'yindagi 63 gol, Skudetto hamda Italiya Superkubogidagi g'oliblik haqida gaplashpyamiz.
"Milan"ga qaytish orzuim, klub yuragimda qolgan"
Zlatanning o'rnida o'ynash
"Rozi bo'lardim. Muammo nimada? Men "Milan"ga uning o'rniga o'ynash uchun boraman. Albatta xazil. Zlatan bilan bir jamoada o'ynashni istayman. Menimcha, u bilan ajoyib duet bo'lgan bo'lardik", - dedi Pato.
Pato 2008-2013 yillarda "Milan" tarkibida harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar