“Parma”ni bir evroga sotib olishdi
10 fev 2015 16:54
Yangiliklar

“Parma”ni bir evroga sotib olishdi
Italiyaning mashhur “Parma” klubi hamon moliyaviy muammolarni boshidan kechirmoqda.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, jamoada yangi xo'jayin paydo bo'ldi. Endi klub Jampetro Manentiga tegishli.
Etiborga molik jihati shundaki, Manenti “Parma” klubini ramziy manoda bir evroga sotib oldi. Jampetro jamoaning qarzlarini to'lashi kerak bo'ladi. 45 yoshli tadbirkor Mapi Group kompaniyasining bosh direktori bo'lib, uning qarorgohi Sloveniyada joylashgan. Bu kompaniya Gazprom bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Parma” klubi Italiya “A” seriyasining 22-turidan so'ng 9 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasida boryapti. Bugun jamoa 22-tur doirasidagi o'yinda Veronaning “Kevo” jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar