"Parma" rahbariyati Jervinoni asosiy jamoaga qaytardi
13 fev 2020 22:25
Yangiliklar


"Parma" rahbariyati Jervinoni asosiy jamoaga qaytardi
"Parma" hujumchisi Jervino bugun jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdi.
32 yoshli forvard avvalroq mashg'ulotlardan chetlatilgan va yakka tartibda shug'ullanayotgandi. Sabab sifatida ivuarlik futbolchining asossiz ravishda, ko'p marotaba mashg'ulot qoldirgani ko'rsatilgandi.
"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, Jervino nomaqbul harakatlari uchun uzr so'ragan va umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgan. U A Seriya doirasidagi "Sassuolo"ga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar