Parimatch Premer Kubogining g'olibi aniqlandi. SHomurodov jamoasi esa 2-o'rin uchun “Lokomotiv” bilan kurashadi
08 fev 2020 20:30
Yangiliklar


Parimatch Premer Kubogining g'olibi aniqlandi. SHomurodov jamoasi esa 2-o'rin uchun “Lokomotiv” bilan kurashadi
Moskvaning “Spartak” jamoasi Serbiyaning “Partizan” klubiga qarshi to'qnash kelib, raqiblari ustidan qiyinchilik bilan 3:2 hisobida zafar quchdi. Moskvaliklar qatorasiga ikkinchi yil mazkur o'rtoqlik turnirida bosh sovrin egasiga aylandi.
Spartak Rossiya – Partizan Serbiya – 3:2 (1:2)
Gollar: 1:0 – Zobnin (7), 1:1 – Pavlovich (17), 1:2 – Suma (34), 2:2 – Sobolev (48), 3:2 – Ponse (70, penalti).
«Spartak»: Rebrov (Maksimenko, 46), Rasskazov (Eshhenko, 74), Kutepov, Jigo (Maslov, 65), Jikiya (Gaponov, 74), Ayrton (Melgarexo, 74), Kral (Markitesov, 86), Zobnin (Guliev, 74), Til (Bakaev, 46), Mirzov (Sobolev, 46), Ponse (Glushenkov, 74).
«Partizan»: Stoykovich, Ostoich (F. Stevanovich, 46), Miletich, S. Pavlovich (Brejanchich, 46), Uroshevich (Vuyachich, 46), Toshich (SHchekich, 46), Natxo, Zdjelar (L. Pavlovich, 46), Suma (Smilyanich, 46), Asano (Markovich, 46, Lakchevich, 52), Umar Sadik (Matich, 46).
Ertaga, 9-fevral kuni esa “Rostov” 2-o'rin uchun “Lokomotiv” (Moskva) bilan bahs olib boradi. Hozircha ikkala jamoa hisobida 3tadan ochko mavjud.
20:00, “Rostov” - “Lokomotiv”
O’xshash yangiliklar

Fikrlar