So’nggi yangiliklar

19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  2 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  1 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  3 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  4 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  6 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  6 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  7 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  29

Parimatch Premer Kubogi. Gollarga boy o'tgan “Lokomotiv” – “Rostov” bahsi g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi Yangiliklar

Parimatch Premer Kubogi. Gollarga boy o'tgan “Lokomotiv” – “Rostov” bahsi g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi

Qatarda bo'lib o'tgan Parimatch Premer Kubogi o'rtoqlik musobaqasi o'z yakuniga etdi.

So'nggi uchrashuv “Lokomotiv” hamda “Rostov” o'rtasida bo'lib o'tdi va bahs gollarga boy bo'ldi. Rostovliklar safida Maksim Osipenko, Pavel Mamaev hamda Roman Eryomenko o'z nomini tabloga yozdirgan bo'lsa, “temiryo'lchilar” tarkibida Murilo Serkeyra, Gjegoj Krixovyak va Dmitriy Ribchinskiy to'p kiritishdi.

O'yinni boshlang'ich daqiqalarda boshlagan Eldor SHomurodov esa Pavel Mamaevning goliga hammualliflik qildi va keyinroq Eryomenko bilan birga zaxiraga olindi.

Asosiy bo'lim jangovar durang bilan yakunlangani bois bellashuv g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotereyasida esa moskvaliklar omadli chiqdi. 

SHu tariqa, Valeriy Karpin shogirdlari musobaqada 3-o'rinni egallashdi. 

Parimatch Premer Kubogi. 3-tur.

Lokomotiv Rossiya – Rostov Rossiya – 3:3 (1:2, 2:1)

20:00, Qatar, Doha, "Aspire".

Penaltilar seriyasi: 5:4

Gollar: 1:0 – Murilo (19), 1:1 – Osipenko (42), 1:2 – Mamaev (50), 2:2 – Krixovyak (60), 2:3 – Eremenko (70), 3:3 – Ribchinskiy (73).

«Lokomotiv»: Gilerme (Medvedev, 46), Kverkveliya, Murilo (Kulikov, 46), Xevedes (Idovu, 55), Ignatev, Magkeev, Krixovyak, Barinov, Joau Mariu (Kolomeycev, 87), Ribus (Jivoglyadov, 82), Tugarev (Ribchinskiy, 46).

«Rostov»: Rudakov, Osipenko, Logashov (Kozlov, 46), CHistyakov (Xadjikadunich, 77), CHernov, Zaynutdinov (Saplinov, 46), Eremenko (Kojemyakin, 77), Popov, Mamaev (Osinov, 69), Bayramyan (Dolgov, 46), SHomurodov (Proshlyakov, 77).

Musobaqaning yakuniy jadvali:

Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика