So’nggi yangiliklar

11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  1 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3

Parij-2024. Dominikan Respublikasi - O'zbekiston uchrashuvida g'olib nomi aniqlanmadi Yangiliklar

Parij-2024. Dominikan Respublikasi - O'zbekiston uchrashuvida g'olib nomi aniqlanmadi

O'zbekiston U-23 Olimpiada guruh bosqich 3-tur o'yinini terma jamoasi Dominikan Respublikasiga qarshi o'tkazdi.


Parij-2024. Guruh bosqichi, 3-tur

Dominikan Respublikasi - O'zbekiston 1:1 (TUGADI)

Hakamlar: Ismoil Mahmud (Sudan), Elvis Noupu (Kamerun), Ahmad Liban (Jibuti), Kim Youjungga (Koreya Respublikasi)

Gol: Rafael Nunes (penalti) 51 1:0, Alisher Odilov 58, 1:1

Dominikan:  1. Xaver Valdes, 2. Edgar Puyol, 12. Joao Urbaez (16. Nelson Lemer,81), 5. Lui de Lukas, 17. Xose de Leon (2. Reyes Marzian, 46), 8. Angel Montes De Oka, 6. Xaync Morshel, 9. Rafael Nunes, 18. Novend Lorenco, 11. Peter Federiko (14. De La Kruz Mangas, 67), 7. Oskar Urenya (3. Josue Baez, 46)

Zaxira: 13. Enrike Bos, 20. Tomas, Jungbauer,  10. Askona Edison 

O'zbekiston — 12.V. Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3.Abduqodir Husanov, 5.Hamraliev, 8.Ruslan Jiyanov (10. Jasur Jaloliddinov, 57), 9.Husayn Norchaev ( 14. Eldor SHomurodov, 57),13.Zafarmurod Abdirahmatov, 15.Umarali Rahmonaliev, 18.Abdurauf Bo'riev, 19. Ibrohim Ibragimov ( 7. Abbos Fayzullaev, 57), 20.Alisher Odilov (17. Diyor Holmatov, 83)
Zaxira: 1. Abduvohid Nematov, 116. Asadbek Rahimjonov, 21. Behruz Asqarov, 

Ogohlantirish: Abduqodir Husanov (O'zbekiston), Lui de Lukas (Dominikan Respublikasi)

MATNLI TRANSLYACIYA


Tugadi. 

90+4. ZARBAAA. Jasur Jaloliddinovning zarbasi xavfli chiqdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

82. O'ZGARISH. O'zbekiston, Alisher Odilov o'rniga 

76. Vakillarimizdan yaxshi o'ylangan kombinaciya. Jasur Jaloliddinov Odilovni to'p bilan taminladi. Ammo yakun yo'q. 

69. SHomurodovning zarbasi kuchsiz chiqdi. 

65. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Alisher Odilov raqib darvozasini ishg'ol qilgandi, lekin hakam o'yindan tashqari holat qayd etdi. Hakamlar, yana hakamlar. 

63. Abbos Fayzullaevga nisbatan jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Hakam jim. 

58. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Alisher Odiloooooov hisobni tenglashtirdi. Odilov jamoadoshining qulay uzatmasini golga aylantirdi. CHiroyli kombinaciya va ajoyib yakun. 

57. O'ZGARISH. O'zbekiston, Husayn Norchaev o'rniga Alisher Odilov, Ruslanbek Jiyanov o'rniga Jasur Jaloliddinov, Ibrohim Ibragimov o'rniga Abbosbek Fayzullaev tushdi. 

56. Umarali Rahmonalievning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

54. OGOHLANTIRISH. Lui de Lukas

53. Juda qulay nuqtada jarima zarbasini ishladik. Qani yigitlar bitta gol. 

52. Ruslanbek Jiyanov qulay vaziyatda yoki to'g'ri uzatma yoki to'g'ri zarba bermadi. Zarba esa noaniq. 

51. GOL. Rafael Nunes 11 metrlik nuqtadan zarba yo'llashda xatoga yo'l qo'ymadi, 1:0. 

48. PENALTI. Dominikan Respublikasi darvozamizga penalti belgilandi. Nima ham deymiz, Nazarovga ishonamiz. 

47. UX. Abduqodir Husanov jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Darvozamizga penalti belgilanishi mumkin. 

46. O'ZGARISH. Dominikan Respublikasi, Xose de Leon o'rniga Marzian, Oskar Urenya o'rniga Josua Bayez tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45+3. UUUUUX. O'zbekistonlik olimpiyachilar o'yinda navbatdagi xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi. Birga bir vaziyatda Odilov imkoniyatdan foydalana olmadi

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

38. Dominikan terma jamoamiz jarima maydonchasi tomon yana bir hujum tashkil qildi. Himoyachilarimiz tartibli himoyalandi. 

33. SEEYV. Vladimir Nazarovdan yana bir ajoyib seyv. Lorenconing o'rtadan tepgan to'pini posbonimiz qaytarib yubordi. Nazarov bugun o'zini ko'rsatmoqda. 

26. SEYV. Vladimir Nazarov Gonsallesning zarbasini oyoqlari bilan qaytardi. Yaxshi seyv. 

25. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston, Abduqodir Husanov

23. ZARBAAAAAA. Ruslanbek Jiyanov jarima maydonchasi ichida kutilmagan zarba yo'lladi. To'p darvoza to'siniga tegdi. 

22. Dominikan Respublikasi vakili Nunesning zarbasi xavfli chiqdi. 

21. Hakam jamoalarga suv ichib olish uchun 1 daqiqa tanaffus berdi. 

14. Terma jamoamiz ilk burchak zarbasini amalga oshirdi. 

7. Bugun tarkibimizda jiddiy o'zgarishlar bor. Kapadze bu raqibga qarshi kam o'yin amaliyotiga ega yigitlarni tushirdi. 

- O'yin boshlandi. Terma jamoamizga omad tilaymiz. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Madhiyalar yangradi. 

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика