So’nggi yangiliklar

23:30ЕЧЛ. "Реал Мадрид"нинг "Ливерпул"га қарши бошланғич таркиби аниқ  8 23:08ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" 0:2 ҳисобида орта бора туриб, якунда супер камбэк қайд этди. "Насаф" расман гуруҳда қолиб кетди  8 22:47Жамшид Искандеров "Навбаҳор"ни тарк этди(ми?)  11 22:37Рўзиқул Бердиев: "Мавсумнинг қайсидир қисмида 12 та мағлубиятсиз серия қайд этаётгандик, ҳозир эса кетма-кет тўртта мағлубият. Жуда ҳунук ҳолат"  45 21:51Тони Кроос "Golden boy" тақдимотида йил ўйинчиси мукофотига лойиқ кўрилди  4 21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  10 21:04ОЧЛ-2. "Насаф" чемпионликдан кейинги 4-ўйинида ҳам мағлуб бўлди  314 20:40Расман: "Интер Майами" Луис Суарес билан янги шартномани узайтирди  2 19:54Санья Мбаппе ҳақида: "Роналду "Реал"даги фаолиятини яхши бошламаган, Бенземанинг трансферини хато, Бекхэмникини эса омадсизлик деб аташган. Улар клуб афсоналарига айланишди"  5 19:26Моуринью: "Педри менда "Барселона"дан кўра кўпроқ таассурот қолдирди"  4 18:53Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритади. Бу ҳақда бугун эълон қилинади  2 18:30Азимжон Аҳмедов: "Андижон" билан ўзгача ҳисоб-китобимиз бор"  14 17:42Умарали Раҳмоналиев: "АПЛда ўйнашни хоҳлардим"  14 17:14Ўзимизнинг карикатура: Ақлдан озаётган Пеп  7 16:47Қаршида бугун ОЧЛ-2 ўйини бор. Стадиондан "қайноқ" суратлар  2

"Panenka" zarbasi kashf etilgan hamda kashanda murabbiy bilan raqib libosi ostida kubok ko'targan Evro-1976 chempioni haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

"Panenka" zarbasi kashf etilgan hamda kashanda murabbiy bilan raqib libosi ostida kubok ko'targan Evro-1976 chempioni haqida hikoya qilamiz

Evropa chempionati tarixiga oid qiziqarli malumotlar bilan tanishing.

1976 yilgi Evropa chempionati final bosqichi 16–20 iyun kunlari Yugoslaviyada bo'lib o'tdi. Ushbu bosqichda 32 mamlakat orasidan saralab olingan eng yaxshi 4 ta terma jamoa ishtirok etdi. 

Saralashning guruh bosqichi futbol muxlislariga juda katta sensaciyalarni taqdim etdi. Jumladan, Vaclav Ejek boshchiligidagi CHexoslovakiya Angliyani ortda qoldirib, o'z guruhida birinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldi. Qizig'i shundaki, Ejek kashanda bo'lgan, biroq bu illat murabbiyning yorqin natijalarga erishishiga to'sqinlik qila olmagan. 

SHuningdek, Uels o'z guruhida Avstriya va Vengriyani quvib o'tib, kichik mo'jiza ko'rsatdi. 

Beshinchi guruhdan chorak finalga chiqish uchun kurash 1974 yilgi jahon chempionati vice-chempioni Niderlandiya, shu turnirning bronza medali sovrindori Polsha va Evro-68 g'olibi Italiya terma jamoalari o'rtasida kechdi. Italiya “Olimpiko” stadionida ushbu guruh autsayderi Finlyandiya bilan durang o'ynagach, chorak finalga chiqish umidlarini ko'kka sovurdi. Polsha terma jamoasi Xojuvda Niderlandiyani yirik hisobda mag'lub etdi (4:1), Amsterdamda esa mag'lub bo'ldi (3:0). 

SHu tariqa, “Lolalar yurti” vakillari birinchi o'rinni egallab, o'z guruhida Franciya terma jamoasini mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan Belgiya bilan chorak finalda to'qnash keladigan bo'ldi.

Saralash bosqichi, 1/4 final

Yugoslaviya — Uels 3:1

CHexoslovakiya — SSSR 4:2

Ispaniya — GFR 1:3

Niderlandiya — Belgiya 7:1

O'sha davrda turnir mezboni final bosqichi qatnashchilaridan tanlab olinganini inobatga olsak, Yugoslaviyadan tashqari, CHexoslovakiya, Niderlandiya va GFR (G'arbiy Germaniya) g'oliblik uchun bellashdi. Uchrashuvlar Belgrad (hozirgi Serbiya poytaxti) va Zagreb (hozirgi Xorvatiya poytaxti) shaharlarida o'tkazildi.

Etiborlisi, final bosqichidagi birorta o'yinda g'olib asosiy vaqtda aniqlanmadi. Yarim finalning ilk bellashuvida CHexoslovakiya Niderlandiyani qo'shimcha bo'limlarda 3:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, GFR Yugoslaviyani ekstra-taymlarda 4:2 hisobida taslim etdi.

Uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda Niderlandiya 120 daqiqa ichida Yugoslaviyani 3:2 hisobida engdi.

Final o'yini oldidan UEFA vakillari Evropa chempionatlari tarixida ilk bor 120 o'yin daqiqa davomida g'olib aniqlanmagan taqdirda penaltilar seriyasi o'tkazishga qaror qilishdi. 

O'shanda hech kim finalchi jamoalardan biri ushbu o'yin "lotoreya"ga puxta tayyorgarlik ko'rganini tasavvur qila olmasdi. 

Bahorgi yig'inda CHexoslovakiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vaclav Ejek o'z futbolchilariga g'ayrioddiy tarzda 11 metrli nuqtadan tepishni mashq qildirdi: murabbiy darvoza ortidagi yuzlab tomoshabinlarga baland ovozda hushtak chalib: “Sen gol ura olmaysan!” deya baqirishni buyurdi. Bu bilan u futbolchilarni ruhan kuchaytirmoqchi bo'ldi.

Umuman olganda, slavyanlarning finalga puxta tayyorgarlik ko'rishdi. Ular televizorda Yugoslaviya - Germaniya o'yinini tomosha qilishdi. Ular shunchaki zavqlanish uchun o'yinni kuzatishmadi, Ejek hammaga qog'oz va qalam uzatdi, kim kimni o'rganishi kerakligini tayinladi va ko'rganlarini yozib qo'yishni buyurdi.

Musobaqaning hal qiluvchi bellashuvida CHexoslovakiya va GFR 2:2 hisobida durang o'ynadi. Penaltilar seriyasida esa sharqiy evropaliklar 5:3 hisobida ustun kelib, qita chempioniga aylandi. Hal qiluvchi zarbani chex millatiga mansub Antonin Panenka amalga oshirib, xotirjamlik bilan avvallari takrorlanmagan o'zgacha zarba yo'lladi. Keyinchalik shu ko'rinishdagi ijrolar "Panenka uslubi" deya atala boshlandi.


Panenkaning o'zi bu haqda shunday deydi: "Agar bu zarbani patentlash imkoni bo'lganida, men bu ishni albatta qilgan bo'lardim. Markazga zarba yo'llash gol urishning eng oson va oddiy usuli ekanligini angladim. Mashg'ulotlardan so'ng darvozabonimiz bilan bir quti shokolad yoki bir stakan pivo ustida penaltidan bahs boylashardik. Keyinchalik bu ishni to'xtatishga majbur bo'ldim, chunki ortiqcha vazn to'play boshladim".

GFR sardori Franc Bekkenbauer finalda xalqaro miqyosdagi 100-o'yinini o'tkazdi. Finalda u jamoasining beshinchi urinishini amalga oshirmoqchi edi, biroq Uli Xyonessning noaniq urinishidan so'ng Panenka bunga imkon qoldirmadi.

Evro-1976. Final

20 iyun, 1976 yil. Belgrad. "Crvena Zvezda" stadioni. 20 790 tomoshabin.

CHexoslovakiya – GFR – 2:2, penaltilar bo'yicha – 5:3

Gollar: SHveglik, 8 (1:0); Dobiash, 25 (2:0); D.Myuller, 28 (2:1); Xelcenbayn, 90 (2:2).

CHexoslovakiya: Viktor, Pivarnik, Ondrush (sardor), Y.CHapkovich, K.Geg, Dobiash (F.Veseli, 94), Moder, Panyonka, M.Masni, SHveglik (Yurkemik, 80), Nexoda.

GFR: Mayer, Fogts, Bekkenbauer (sardori), SHvarcenbek, Ditc, Bonxof, Beer (Bongartc, 80), Vimmer (Floe, 46), U.Xyoness, D.Myuller, Xelcenbayn.

Ogohlantirishlar: Dobiash, Moder.

Penaltilar seriyasi: 1:0 Masny, 1:1 Bonxof; 2:1 Negoda, 2:2 Floe; 3:2 Ondrush, 3:3 Bongartc; 4:3 Yurkemik, 4:3 Xyoness (yuqoriga); 5:3 Panenka.


GFR forvardi Diter Myuller 4 ta gol bilan turnir to'purariga aylandi.

Ramziy terma jamoa: Viktor (CHexoslovakiya) – Pivarnik, Ondrush (ikkalasi – CHexoslovakiya), Bekkenbauer (GFR), Krol (Niderlandiya) – Bonxof (GFR), Pollak, Panenka (ikkalasi – CHexoslovakiya) – Djaich (Yugoslaviya), Negoda (CHexoslovakiya), D.Myuller (GFR).

SHu tariqa, to'rtta o'yindan (yarim final, uchinchi o'rin uchun o'yin va final) iborat turnirning final bosqichi oxirgi marta shu formatda o'tkazildi. Bunga italiyalik Artemio Frankining UEFA prezidenti lavozimiga tayinlangani sabab bo'ldi, u Evropa chempionati strukturasini tubdan o'zgartirishga qaror qildi.

Turnirning esda qolarli voqealari

Sotqin hakam Kazakov

Saralash bosqichi doirasidagi Niderlandiya — Italiya uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Anastazi pasidan keyin Boninsenya italiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa o'tgach, sovet hakami Pavel Kazakov Reysbergenning Boninsenini yiqitgani uchun penalti belgilamaydi, yana ikki daqiqadan so'ng 20 yoshli debyutant Jankarlo Antonioni golini hisoblamaydi. Mezbonlar tezda o'ziga kelib, hisobni tenglashtirishdi, keyin esa g'alabani o'z tomoniga og'dirishdi (3:1).

Pavel Kazakov niderlandlar uchun chinakam baxt qushi bo'lgan. Aynan u JCH-1974 yo'llanmasi uchun Niderlandiya — Belgiya o'rtasidagi hal qiluvchi bellashuvni boshqargan. O'shanda belgiyaliklarga g'alaba zarur edi, Niderlandiyani esa durang ham qanoatlantirardi. O'shanda Kazakov uchrashuv yakunlanishiga bir daqiqa qolganda, Van Ximst tomonidan Niderlandiya darvozasiga urilgan golni hisoblamadi.

Niderlandiya - Italiya o'yinidan keyin Kazakov Evropa chempionatining boshqa o'yinini boshqarmadi. Qolaversa, o'sha turnirda birorta sovet hakamiga ortiq hakamlik qilishga ruxsat berilmagan.

SSSRning "Dinamo Kiev"ga aylanishi

1975 yilning 2 aprelida Valeriy Lobanovskiy Kievda o'tgan Turkiyaga qarshi bahsda 11 nafar "Dinamo" futbolchisini maydonga tushirdi.

Qiziq tomoni, CHexoslovakiya futbolchilari chempionlikni raqib jamoa liboslarini kiygan holatda nishonlashgan.


Rossiyaga borishdan bosh tortgan Ispaniya, etakchilarsiz qatnashgan Franciya hamda bashoratchi shifokori bilan g'olib bo'lgan SSSR — ilk Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Di Stefano, Pushkash kabi futbolchilarni chaqirmagan chempion hamda kumush medallar uchun ishdan haydalgan murabbiy — ikkinchi Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Tanga tashlash orqali finalchi aniqlangan hamda hal qiluvchi o'yini qayta o'tkazilgan Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz 

"Mersedes" "Zaporojec"ni changida qoldirib ketdi — futbol murabbiyi bo'lishdan boshqa hamma ishni qilishga rozi bank mutaxassisi g'olib bo'lgan Evropa chempionatini yodga olamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика