Panenka og'ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi
07 okt 2020 21:45
Yangiliklar


Panenka og'ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi
CHexiyaning “Bogemians” klubi prezidenti Antonin Panenka sog'lig'i og'irlashgani tufayli reanimaciya bo'limiga olindi.
“Antonin Panenka bugun og'ir ahvolda reanimaciya bo'limiga yotqizildi, unga qurilmalar ulangan. Uning hozirgi holati bo'yicha izoh berolmaymiz”, deya yoziladi klub rasmiy saytida.
71 yoshli Panenka 1976 yil Evropa chempionati finali Germaniya Federativ Respublikasi (GFR)ga qarshi bahsning penaltilar seriyasida 11 metrlik nuqtadan mashhur “parashyut” uslubida zarba berib, to'pni darvoza markaziga joylab qo'ygan va jamoasiga qita birinchiligining oltin medallarini olib kelgandi. O'shandan buyon penaltini shu kabi amalga oshirish “Panenka” uslubi deb ataladi. Xavbek futbolchilik faoliyatida “Bogemians”, “Rapid”, “Sankt-Pyolten”, “Slovan”, “Xoenau” va “Klyaynvizendorf” kabi jamoalar sharafini himoya etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar