"Milan" sobiq himoyachisi Antonelli faoliyatini yakunladi
12 noy 2022 14:46
Yangiliklar
"Milan" sobiq himoyachisi Antonelli faoliyatini yakunladi
"Milan" sobiq azosi Luka Antonelli futbolchilik faoliyatini tugatishga qaror qildi.
U oxirgi marta SHimoliy Amerikada "Mayami" klubida o'ynayotgandi.
"Vaqti keldi, maydondagi hayot nihoyasiga etmoqda, lekin tez orada buni, adrenalin va hissiyotlarni sog'insam kerak. Ushbu sport tufayli orzum amalga oshdi. "Bari", "Parma", "Jenoa", "Milan", "Empoli", "Mayami" – barchangizga rahmat. Men bilan ishlagan hammaga rahmat. Muxlislar, meni doim qo'llab-quvvatlab turgan oilam – barchangizga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman", – dedi Antonelli.
Fikrlar