Pandemiya sababli "Barselona" qancha zarar ko'rgani malum qilindi
21 mar 2021 14:34
Yangiliklar
Pandemiya sababli "Barselona" qancha zarar ko'rgani malum qilindi
"Barselona" prezidentligini vaqtincha bajarib turgan Karles Tuskets klubning hozirgi holati haqida gapirdi.
"Oldin ham aytganimdek, biz qarzlar borasida juda extiyot bo'lishimiz kerak. Neymarning ketishidan keyin qarzlar ko'payib ketgan. Klub Dembele, Koutino va Grizmanning transferi uchun juda katta summa ishlatdi. Ayrim futbolchilar bilan shartnomalar uzaytirilganida maosh juda kattalashib ketgan.
UEFA maoshlarni klubning ichki foydasidan 70 foizidan oshib ketmasligini tavsiya qiladi. Biroq bu raqam 50 foizdan ham kam bo'lgani yaxshiroq. Agarda pandemiya sababli 300 mln evro zarar bo'lmaganida biz bunchalik darajada yomon holatga tushib qolmasdik", - dedi funkcioner.
Fikrlar