PALA PARTISH MAQOLA YOXUD ISHONCH
29 iyu 2014 12:09
Yangiliklar
PALA PARTISH MAQOLA YOXUD ISHONCH
Anchadan beri maqola yozmay qo'ygandim. "Kecha, Bugun, Ertaga" loyihasi ham hozircha to'xtab qoldi. Mavzu yo'q deysizmi, to'lib yotibdi.
Har qadamimdan mavzu chiqib kelaveradi. Boisi oddiy, futbol ichida yuraman. Aynan shuning uchun ham yozgim qelmay qoldi. Bazan bo'layotgan ishlardan asabim shunday buzilib ketadiki, shu kerakmi menga deb yuboraman. Futbolda "spad" degan narsa bor. Bu ortga ketish. Masalan birorta o'yinchining biz ko'rib, o'rganib qolgan o'yini chiqmasa unda "spad" bo'lyapti deymiz. Xuddi shunday "spad" davrini o'tkazdim. Ruslarning bir gapi bor, "masterstvo ne propesh". Yani o'z istedodingni ichib yubora olmaysan. Hammamiz yoshligimizda olgan bilim va ko'rgan ustozlarimizning saviyasiga qarab aniq bir cho'qqiga chiqamiz. Keyinchalik undan na tushib ketasiz, na oshib ketasiz. Faqat o'rganish davrida mukammallikka erishib olsangiz bo'lgani. Yosh o'tgani sari muammoingiz ortadi va o'rganish uchun o'sha yoshlikdagi vaqtni topa olmaysiz. Bu gaplarni nima uchun yozyapman, balki kimdir o'qib o'ziga to'g'ri xulosa chiqarar, balki futbolchilar yoshlikda berilayotgan imkoniyatdan to'liq foydalanishga o'rganarlar.
Bejizga ustozlar haqida to'xtalib o'tmadim. Bugungi maqolam aniq bir mavzuni o'z ichiga olmaydi. Uni pala-partish holatda o'qiysiz. Sog'lig'im bilan biroz muammo kelib chiqdi. SHuning uchun saytda ko'rinmay qoldim, gazetada ham chiqish qilmaganimga ancha bo'lib ketdi. Sog'liq tufayli O'zbekiston milliy terma jamoasining mashg'ulotlarida ishtirok eta olmadim. Aslida biron safar, biron kun terma jamoamizning mashg'ulotlarini qo'yib yubormaganman. Ilk o'yin "Navbahor"ga qarshi kechdi, unga qadar bo'lgan yig'inlarni o'z ko'zim bilan ko'ra olmadim, ammo "Metallurg" bilan o'yinga bordim. Odatdagidek hech kim yo'q, bor hamkasblarim, ammo ular ham men bilan bir joyda ishlashadi. "Sport TV"ning ikki nafar xodimini inobatga olmasa hech kim yo'q. Bir kun avval, Xayrulla Xoliqov yozuvchi jurnalistlardan hech kim kelmaganini aytib o'tgandi. Avvalo bu futbolimiz juda ham zerikarli bo'lib ketganidan dalolat. Hamkasblarimni bu borada ayblay olmayman, ular ham yaxshi narsani ko'rishni istashadi. Ana, Ermatovning tadbirida 100ga yaqin kishi qatnashdi.
Xullas "Sport TV"dan ikki nafar xodim. Butun dunyoda futbol kuchini sport kanali o'lchab bersa, bizda aksincha ekanligini hech kim rad eta olmaydi. Bir qiz va yigit "Xabarlar" uchun lavha tayyorlagani kelgan. Yigitimiz birinchi bo'limda “Islom To'xtaxo'jaev o'z o'yinini yo'qotib qo'yganidan” nolidi. Ha, Bobur Yo'ldoshev bilan Islom To'xtaxo'jaevning yuz ko'rinishi bo'lmasa-da, klubi bir ekanligini inobatga olib kulib qo'ydim. Keyingisi esa oshib tushdi. Yangi kelgan xodima Xoliqovga murojaat qilyapti:
- Nega, manavi ikkita hakamda bayroq bor-u, o'rtadagisida yo'q?
Xoliqov kulib yubordi va unga biroz axborot bergach, ikkinchi "udar" savolni qabul qilib oldi. Men hamkasbim birinchi nokdaundan keyin nokaut bo'ladi deb o'yladim, yo'q Xoliqov "klinch"ga kirdi. Savolni qarang:
- O'zi futbol necha soat o'ynaladi? (men chekkada o'zimni xandon otishdan qanday to'xtatib qolganimni faqat o'zim bilaman).
- 3ta gol bo'lgunga qadar. (Buni qarangki, hisob 2:1 ko'rinishini oldi. Menimcha, Xayrulla Xoliqovning gaplari rost bo'lib chiqdi. Har holda yangi xodima shunday fikrga kelgani aniq).
Eng qizig'i, "Navbahor" bilan o'yindan avval dastur uchun murabbiylardan fikr olindi. Aslida bu holat ilk marotaba qaytarilmayapti. Doimiy ravishda shunday voqealardan birida murabbiylarimizdan biri menga, "Bular kadr yig'sa bo'ldimi, o'yindan keyingi fikrlar va o'yindagi holatlarni ko'rsatishi kerak emasmi, men hali boshlanmagan o'yin haqida nima deyishim mumkin", - deya o'z hayratlarini yashira olmagandi.
Xullas, yana bir qancha qovun tushdi. Ammo ular haqida yozishni maqul ko'rmadim. Menimcha, hech bo'lmasa terma jamoa yig'ini va o'yinlarida professional, futbolni haqiqatdan ham tushunadigan jurnalistlar kadr yig'ishga chiqqanlari maqul bo'lsa kerak. SHunda murabbiy va futbolchilar ham TVga jiddiyroq munosabatda bo'larmidilar?
SHu joyiga yana bitta qiziq voqeani ulab ketaman. 23 iyun kuni "Joma"ning O'zbekistondagi rasmiy vakillari bilan uchrashdim. Ular "championat.asia" sayti bilan jiddiy ravishda hamkorlikni yo'lga qo'yish taklifi bilan chiqdilar. Ochig'i xursand bo'ldim. Ularning ofisiga tashrif buyurganimda "Andijon" jamoasi vakillari o'tirgan ekan. Jamoa ikkinchi davra uchun yangi futbolkalarni ko'rayotgan edi. Mezbonlarning darvozabonlar uchun ko'rsatgan libosi "Andijon" vakillarida savol uyg'otdi. Sababi o'yinchi va darvozabonlarning futbolkasi ranggi biron bir dastur orqali oq-qora holatga keltirilsa uni ajrata olmaysiz. Ammo rangli ko'rinishda tubdan farq qiladi. OFK o'z tasarrufida o'tkazadigan o'yinlarda bunga qarshi chiqadi. Sababi, o'yinlari translyaciya qilinadigan mamlakatlarda hamon oq-qora TVlar ishlatiladi. Aynan shu bois translyaciya davomida ranglar uyg'unligi yuzaga kelmasligi uchun OFK bunga ruhsat bermagan. Nega unda PFL ruhsat beradi deysizmi? Aynan shu savol o'rtaga tashlanganda, chiroyli javob ham chiqdi: "Bizda ham oq-qora rangdagi TVlar hamon bor, ammo PFL ruxsat beraveradi, sababi bizdagi o'yinlar translyaciya qilinmaydi". Bu javobdan hamma kulib yubordi.
Xullas TVda jiddiy islohat olib borish kerak chamamda, balki boshqa kanallarga bo'laverar, ammo "Sport TV"ga haqiqatdan ham sportni yaxshi biladigan, O'QIGAN va sport o'yinlarini jonli ko'radigan mutaxassislar kerak.
Endi mavzuni umuman boshqa tomonga buraman. Terma jamoaga, yani bo'lib o'tgan to'rtta o'rtoqlik o'yiniga. Markaz yana ishni eplay olmadi deyishga shoshilmang. Har doim ham Markaz aybdor bo'lavermaydi. SHunday holatlar bo'ladiki, unda siz ilojsiz qolasiz. Inchxondagi Osiyo o'yinlari na OFKning, na FIFAning rasmiy musobaqasi emasligi, biz kabi terma jamoalarga muammo tug'diradi. Iyul oyida terma jamoa doirasida biron bir o'rtoqlik uchrashuvini tashkillashtirish mumkinmidi? Yo'q deyishimga asos ko'p. Sababi bu milliy terma jamoa emas, biron bir mamlakat o'z milliy terma jamoasini, bo'lib ham safarga, yoshlar terma jamoasiga qarshi yubormaydi. Unda 23 yoshli terma jamoalardan biriga qarshi bahs olib borish kerakdir? SHunday o'ylayotgan "Donolar" yo'q emas. Biz Temurxo'ja Abduxoliqovni yig'inga jalb eta olmayapmiz. Demakki, u tengi futbolchilar o'z jamoalari bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko'ryaptilar. Osiyodan boshqa bironta qitada bu kabi musobaqa yaqin emas, shunday ekan, bu terma jamoaga mos raqib boshqa qitalarda mavjud emas. Bu variant ham kuydi. Demak, Osiyo qolyapti, to'g'rimi? Osiyoda esa biz va Koreyadan boshqa terma jamoa ko'p ham mazkur musobaqaga jiddiy qarayotgani yo'q. Biz 20 yillik g'alabani takrorlashni istayotgan bo'lsak, Janubiy Koreya mezbon. Bu musobaqa yillar davomida Olimpiada uchun mashg'ulot vazifasini o'tab kelgan. Biz ham unga Rio-2016 oldidan tayyorgarlik sifatida qarasak bo'lardi, xuddi 2010 yildagisi kabi, ammo yuqorida aytib o'tganimdek, bu safar natija talab qilinyapti. Boshqa terma jamoalar esa ko'p ehtimol bilan 1993 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan musobaqada ishtirok etadilar. Undan tashqari hali musobaqada kimlarni ishtirok etishi ham nomalum. Ko'rib turganingizdek, Osiyodan raqib izlash ham o'z samarasini bermaydi. Bularni nima uchun yozyapman? SHunchaki, har narsadan kichik kir qidiraverish yaxshi emas. SHuning uchun Qosimovning bugungi rejasi ayni payt uchun eng maqbuli. SHu futbolchilar o'z klublarida ham yig'in o'tkazsalar bo'lardi, ammo ularni yaxlit bir jamoa sifatida shakllantirish biz uchun o'ta muhim edi. Mirjalol Qosimov Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi Inchxonda ishtirok etadigan futbolchilarni olib ketishini inobatga olsak, biz boshqalardan ko'ra yaxshiroq tayyorgarlik ko'rgan bo'lamiz.
Meni o'ylantirayotgan narsa umuman boshqa. Mirjalol Qo'shoqovich ixtiyorida uchta katta futbolchi tanlash imkoniyati bor. Legionerlarni jalb eta olmaydi. CHunki musobaqa FIFA taqvimi doirasidan o'rin olmagan. Oliy ligamizdan kimni olish mumkin? Bu tarkibda darvozada muammo yo'qdek. Himoyada ham. Ammo Islom To'xtaxo'jaev halaqit qilmasligi aniq. Hujumda biroz muammo bor. Ammo oliy ligamizda hech bo'lmasa 10ta gol urgan hujumchi yo'q. Eng yaxshi ko'rsatkich Ivan Nagaevda: 8ta. Balki uni olarmiz, tag'in kim bilsin? Yarim himoyada Lutfullo To'raevni sinab ko'rish mumkin. Oliy ligamiz shu darajada passivlashib ketdiki, mana shu uchta o'yinchi kichiklar terma jamoasini kuchaytirib yuboradi deb qo'l bilan ko'rsata olmaymiz. Xayrlashuv uchrashuvidan avval Maksim SHackix, oliy liganing bu ahvoli 5 yildan keyin qimmatga tushadi degandi. Bu ketishda besh yilni kutmaydiganga o'xshaymiz.
Yuqorida sog'lik haqida bekorga yozmadim. Futbolda qanday natijaga erishmaylik, siz oilangiz uchun sog'lig'ingiz va asabingizni asrashingiz kerak. Bazan futbolga mukkasidan ketib qolib uyingizda, ota-onangiz yoki ayolingizni, hech bo'lmasa farzandingizni koyib yuborasiz. SHu joyiga maqolani o'qishdan to'xtang! Bir eslang, rostan ham shunday bo'lgan-a? Ana ko'rdingizmi? Yo'q, bunday bo'lishi kerak emas. Jamiki kasalliklarni 90 foizga yaqini asab bilan bog'liq bo'ladi. Siz o'z asabingizni buzasiz, atrofdagilarning. Bu bilan nimaga erishasiz, hech nimaga. Eng muhimi yurtimizning tinchligi emasmi? Baxt bu JCHda ishtirok etishmi yoki jannatmakonn yurtda, tinchlik xukmronlik surayotgan mamlakatda yashashmi? Albatta, ikkinchisi! Futbolimizdagi bazi “yara”lar esa, bir kun kelib barchasiga javob berishadi. Bizning ishimiz esa ahilligimizni buzmasligimizda. O'zi shundoq ham insonga beriladigan umr chegaralangan, undan unumli foydalanishni o'rganishimiz kerak.
Tinch mamlakatning sporti, xususan futboli bir kun kelib baribir rivojlanmay qolmaydi. Hali meni aytdi dersiz, shunday davrlar keladiki, o'sha kunlarni ko'rib ko'zingizdan quvonch yoshlari oqadi. Eng muhimi ishonch, shu ishonch borligi uchun ham gazetamiz va saytimiz Osiyo o'yinlarini markazdan - Inchxon shahridan turib yoritadi. Endi faol bo'lishga harakat qilaman, buyog'iga to'xtash yo'q! 5 oktyabr kuni Xirosimadan – Inchxongacha degan maqola yozish nasib etsin.
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar