Pako Xemes o'z jamoasi bilan ketma-ket to'rtinchi marta Segundaga tushib ketdi
10 may 2019 10:43
Yangiliklar


Pako Xemes o'z jamoasi bilan ketma-ket to'rtinchi marta Segundaga tushib ketdi
"Rayo Valekano" bosh murabbiyi Pako Xemes jamoani Segundaga tushib ketishdan saqlab qola olmadi va Ispaniya antirekordini o'rnatdi.
U o'z jamoasi bilan ketma-ket to'rtta mavsum LaLigani tark etgan birinchi mutaxassisga aylandi.
Ispaniyalik mutaxassisning omadsiz seriyasi 2015/16 mavsumda boshlangan. O'shanda u "Rayo Valekano" bilan LaLigani tark etgandi. Bir yil o'tib Xemes "Granada"ni Segundaga tushirib yubordi. 2017/18 mavsumda "Las-Palmas" Pako Xemes boshchiligida Ispaniyaning birinchi darajali chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Segundaga tushib ketdi. Bu yilning mart oyida "Rayo" ustoziga aylangan Xemes jamoani LaLigada saqlab qola olmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar