Payshanba - muxlis minbari - 4
19 dek 2013 13:51
Yangiliklar

Payshanba - muxlis minbari - 4
Bu safar minbarni alamzada Neftchi muxlislariga berdik. SA o'z faoliyatini boshlaganida ikkita klub bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'yishni istagan edi.
Bular, Paxtkor va Neftchi. Sababi bu ikki klubning o'zbek futboli tarixida tutgan o'rinlari katta. Bugun farg'onalik muxlislarga boshqa klub muxlislari faqat achinish bilan qarayaptilar. Ularning sevimli jamoalariga oid fikrlari bilan tanishing.
O'zgarishlar haqida yozishga arzimaydi. Bir marta oliy ligadan tushib ketsa keyin ko'zi ochilib harakat qilishadi. Ungacha 8-10 o'rinlarda yuraveradi, Gazprom homiylik qilsa ham, - deya gapini qisqa qilgan Yaxyobek Boymatov bizga yuborgan xatida.
Avazbek Abdullaevning fikrlarida dard bor...
Ko'p yillik Neftchining muxlisi sifatida klubda bo'layotgan o'zgarishlarga quyidagicha fikr bildiraman.
2013 yilgi futbol mavsumining 8-turidan so'ng, adashmasam 16 may kuni Yuriy Sarkisyanni bosh murabbiylikdan chetlatishdi. Murabbiylik ishi og'ir. Lekin shu ishni 26 yildan oshiq vaqt davomida elkasida ko'tarib turgan, butun bir Farg'ona viloyati va o'zbek futbolini Osiyoda muhim o'rin tutishida beqiyos o'rni bor inson, Neftchining hozirgi kundagi tarkibini yillar davomida shakillantirib kelgan Sarkisyan behurmatlarcha chetlatildi. Tabiiyki, bu hol futbolchilarga tasir qilmay qolmadi. Hattoki, Anvar Berdiev ham hech qancha o'tmay, Sarkisyansiz o'ynamasligini aytib klubdan ketdi. Endi savol: SHunday chetlatish aynan 8-turdan so'ng kerakmidi? Balki 1-davrani oxirigacha kutish kerak edi. Aynan 1-davradan keyin, Sarkisyanni hurmatini joyiga qo'yib, do'stona suhbat qurib tushuntirishgan-da, balki o'zi futbolchilarga ham yaxshi maslaxat berib klubdan ketarmidi? Natijada Neftchi bu qadar parokandalikka yo'l tutmasdi. Mana shu parokandalikka, aynan Farg'ona futboliga javobgar bo'lgan mutasaddilar sababchi bo'lishdi. Yani, hech qanday rejasiz, tayyorgarliksiz, o'z-o'zidan butun bir boshli murabbiylar shtabini bo'shatib, o'rniga yangilarni (aslida, ular hech qanday ijobiy yangilik olib kirishmadi), yana kimni, umrida atiga bir bora Andijonda mustaqil ishlab ko'rgan va u erdan yomonotliq bo'lib haydalgan Amet Memetni maslahatchi qilib olib kelib, futboldan nafaqaga chiqish arafasidagi Z.Tojiev, V.Ponamaryov, jarohati bor O'runov, o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan Smolyachenkolar bilan qayta qurishni boshlab yuborishdi. Mana shu bosqichning o'zidayoq Neftchida qandaydir ijobiy o'zgarishlar bo'lishiga ishonish qiyin edi. Mavsum tugagandan keyin esa Neftchi tarkibida bir necha yillardan buyon o'ynab kelayotgan asosiy o'yinchilari birin-ketin klubni tark eta boshlashdi. Qanday qilib, Mansur Saidov, Iqbol Akramov, SHukurali Po'latov, Sardor Mirzaev kabi klubning ko'p yillik tajribali va sodiq o'yinchilari bilan osongina xayrlashib qo'yish mumkin? Nahotki klub ularga yangi shartnoma taklif qilmasa? Nahotki, birvarakayiga asosiy tarkibni hamma o'yinchisiga shunchaki javob berib yuborib, ularning o'rnini bosadigan yangi asosiy tarkib tuza olishga shunchalik ishonishsa? Bilmadim, kim bunga ishonadi, lekin shahsan men ishonmayman. Axir qaysi mamlakatda ko'rganmiz, yangi murabbiy kelib, klub asosiy tarkibini tubdan yangilib yuborganini, hech qaerda! Anjining holati bu boshqa masala, Neftchida Anjidagidek sharoit va holat bo'lgani yo'q.
Yuqorida ismi-sharifi keltirilgan o'yinchilar mavsumni shunchaki yakunlab olish uchun o'ynashdi. Ular Sarkisyan bo'shatilgandan keyin hokim xuzurida bo'lgan yig'ilishdan keyinoq ketishi ham mumkin edi, lekin rahbariyat ularni hech bo'lmasa mavsum yakuniga qadar o'ynab turishga ko'ndirgan va mavsum yakuniga etishi bilanoq klubda qolishni istamagan o'yinchini olib qolmaslikka vada bergan. Endi bo'lsa, to'rt tomoning qibla manosida hamma o'yinchilarga javob berib yuborishyapti. Bunaqangi yo'l bilan Komiljon Mirzaboev aytganidek, zamonaviy, Evropa darajasidagi klub tuzib bo'lmaydi! Har bir klubning o'z qadriyati, o'z rivojlanish yo'li bo'lishi kerak. Neftchidagi qadriyat ko'p yillik mahalliy o'yinchilarning klubga bo'lgan sadoqati, murabbiyning mahalliy yosh iqtidorlarga etibori, muxlislarning klubga sodiqligi, qiyin vaziyatda ham qo'llab-quvvatlashi kabilar bilan o'lchanib kelgan. Hozirgi holat misolida man shu sanab o'tilgan qadriyatlarni Memet kabi ko'chmanchi murabbiy, umrida Neftchi ishtirokidagi o'yinlarga stadioniga kirib, oddiy muxlis kabi jamoasi uchun ich-ichidan kuyinib futbol ko'rmagan, yutganda quvonib, yutqazganda esa, keyingi uchrashuvgacha ishonch bilan muxlislik qilmagan, Neftchi klubi osmondan lop etib tushib qolgan xodimlar tomonidan O'LDIRALAYOTGANINI ko'ryapman.
SHuni o'zimga 100% ishonch bilan aytaman, Neftchi hech qachon yarim yil ishlab yoki yarim yil o'ynab ketib koladigan murabbiy va o'yinchilarga qarab qolgan klub emas. Va yana shuni ming afsus bilan aytamanki, agar klub rahbarlari rivojlanish yo'lini huddi hozirgidek davom ettiradigan bo'lsa, Neftchi ham yangi mavsumda, o'yinchilar murabbiylari bilan 1 yil, yarim yil ko'chib yuradigan klubga aylanib qolishi hech gap emas. Internet saytlarida Neftchining mavsum oldi mashg'ulotlarida Muqimjon Toshmatov, Ro'zimboy Ahmedov, G'ulomhaydar Haydarov va yana bir qancha o'rta saviyadagi o'yinchilar ko'rikdaligini o'qib, hayronlar qolasan kishi. Nahotki, shu o'yinchilar Iqbol Akramov, Mansur Saidov yoki Sardor Mirzaevlardan kuchli bo'lsa va shu toifdagi uyinchilar bilan sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bora olsak? Neftchi ko'rigiga kimni orqasidan kelishayotganligini ham bilaman, o'sha Sakaevmi boshqasimi, uni o'zi ham Neftchi saviyasidagi selekcioner emas.
Jasur Mirzamahmudov bo'layotgan voqealardan LOL qolyapti.
– Assalomu alaykum sayt xodimlari! Kamina Neftchining ashadiy muxlisidan biriman! Jamoa haqida o'zgarishlar haqida nima deyish mumkin!!??? LOLman, tilim LOL!! Axir jamoa yuragi Saidov ketishga yaqin, Iqbol, SHavkat, Sardor, SHukurali kabilar ketgandan keyin MEMETdan faqat mo'jiza kutamiz holosmi!? Mirzakamol ham ketgan, demak bizda Tojiev, Ponamaryov qolyaptimi??? ularning axvolini so'nggi turlarda ko'rdik! Jamoa mutasaddilari shoshilib bekor qilishdi jilla qursa Ser Sarkisyanga jarima tortsa ham bo'lardi! Bu-ku mayli, jilla qursa tarkibni saqlab qol! Memet jamoani to'liq o'rganib isloxotlar olib borgunga qadar to'lib ulgurgan sabr kosamiz toshib ketmaydimi??!!! Agar xissiyot haqida ogohlantirmaganlaringda nima deyishni juda yaxshi bilardim. Qo'qonchasiga aytganda jaaa yaxshi bilardim! Agar jamoa bilan aloqangiz yaxshi bo'lsa, shu maktubni etkazing! Men Neftchining yosh jihatdan kichik muxlisiman, endi 10 yil bo'ldi! Lekin butun Vodiy Neftchini yana Osiyo arenalariga chiqishini kutyapti! Men isloxotga roziman, lekin isloxot qilaman deb jamoani battar parokanda qilib boshi berk ko'chaga tiqib tashlamasinda! Neftchidan ketgan badarg'a qilingan ozmunchami, shularni qaytarsin! Xolamatov kelsin! Islom kelsin! yo shundaylarni etishtirsin! Ara yo'q-ku qanday etishtiradi! Men kutaman! Neftchi bari-bir o'z so'zini aytadi va yulduzchani nasib qilsa yana bittaga oshiradi! Olg'a Neftchi!
BAHODIR ABDUNAZAROV esa o'zining bazi takliflarini bergan:
– Avvalo biz Neftchi klubi ishqibozlariga o'z fikrini bildirish imkoniyatini yaratganlaring uchun CA ga minnatdorchilik bildiraman!
Har futbol ishqibozini o'zi suygan futbol klubi bo'ladi. Haqiqiy futbol muxlisi suygan futbol klubini har qanday vaziyatda qo'llab-kuvvatlashi turgan gap.
Hozirgi kundagi viloyat futbolidagi o'zgarishlarni ko'rib, eshitib har bir klub ishqibozlari uchun orziqib kutilgan jamoa shakllantirishga harakat qilinmokda degan umiddaman. Men klubdagi o'zgarish uchun bel bog'lagan mutaxassislarga fikr-muloxazalarimni taklif qilmokchiman
1. Hozirgi kundagi klubning og'riqli nuqtasi bosh murabbiy masalasidir. Abramov tuzgan shartnomasini bekor qildi. Bosh murabbiylikka eng munosib nomzod deb aynan shu insonni taklif qilgan bo'lardim.
2. Hammamiz bilganimizdek viloyat futbol istedodlariga boy. Lekin shu istedodlarni etishtirishga katta etibor berish kerak. Men o'zim bir nechta bolalarni bilaman poytaxt klublarida o'ynash uchun tinim bilmay mashg'ulotlarga qatnashishadi. Nima uchun Neftchida o'ynashni xohlamaysizlar desam, ota-onamiz xohlashmaydi degan javob olganman. CHunki ota-onalar ham jamoaga ishonmay qo'yishgan.
3 Klubda marketing xizmati deyarli yuk. Olaylik, internet saytiga bo'lgan etibor umuman yo'q. Axborot zamonida yashayotganimizni unutmaylik!
Klub hakidagi xabarlarni boshqa saytlardan bilishlik, bilmadim buni nima deyish mumkin.
Takliflar ko'p, lekin echimini topishi uchun jon kuydiradigan mutaxassis topilarmikan?
Nima bulganda ham men doim klub muxlisi bulib kolaman.
P.S:
O'ylaymizki Neftchi rahbarlari va murabbiylari qilayotgan ishlari xato ekanligini tushunib etishadi va jamoaning tarixini saqlab qolgan holda fikr yuritishadi. Aslida Neftchi na Mirzaboev, na Memet qurboni bo'lyapti. Neftchi o'zbek futbolida mutaxassislarning yo'qligida aziyat chekyapti va bu bizning eng og'riqli nuqtamiz ekanligini yana bir bor eslatib qo'ydi. Agar Komiljon Mirzaboev tom manoda prfosessional va Farg'onaga yoqadigan jamoa tuzishni istasa, uyalmasdan, Toshkent yoki Qarshi klublarining ish dasturi va infratuzilmasini yaxshilab o'rgansin. O'zi uchun kamida ikki yillik dastur tuzib, uni amalga oshirish yo'lida Koreya, Yaponiya, Qatar kabi davlatlarga borib futbolga bo'lgan qarashlarini o'zgartirib kelsin. Va yana eng muhimi Amet Memet va u tomonidan tuzilgan murabbiylar shtabiga javob berib, dastlabki ikki yil cho'ntakni emas, vatan, viloyat shani, futbolning hurmati yo'lida mehnat qiladigan mutaxassis murabbiyni qidirsin. Suratda ko'rib turganingizdek, Neftchi CA bilan, CA esa Neftchi bilan. Agar klub rahbariyati o'zining rivojlantirish dasturini tuzishda muammoga uchrasa yoki istiqbolli rejasini tuzib chiqishda ojiz bo'lsa, marhamat murojat qiling. Bu bilan saytni reklama qilish niyatida emasmiz. Neftchining sariq chaqasiga ham ko'z olaytirmaymiz. Faqat Farg'onada professional jamoa bo'lishini istaymiz. Kuni kecha Azamat Abduraimov Andijon futolining yo'lida Rubin bilan aloqalarni yo'lga qo'yayotganligini aytib o'tdi. Nima uchun Neftchi shunday ishlarni amalga oshira olmas ekan? Agar yordam kerak bo'lsa, marhamat! Barchasi Farg'ona uchun!

Fikrlar