"Pachuka" prezidenti: "Manchester Yunayted" bu futbolchiga 16 yoshligidan beri qiziqadi"
31 mar 2019 11:49
Yangiliklar


"Pachuka" prezidenti: "Manchester Yunayted" bu futbolchiga 16 yoshligidan beri qiziqadi"
"Pachuka" prezidenti Xesus Martinesning aytishiga ko'ra, "Manchester Yunayted" PSV vingeri Irvin Losanoni ancha vaqtdan buyon kuzatib bormoqda.
Meksikalik futbolchi PSVga o'tgunga qadar "Pachuka" tarkibida to'p tepgan.
"Manchester Yunayted" ushbu futbolchi 16 yoshligidan beri kuzatib borishmoqda. Ularda bu futbolchi haqida videolari, gollari, hisobotlari, o'zini tutishi, madaniyati borasidagi malumotlari bor. "Manchester Yunayted" - selekciya borasidagi dunyoning eng yaxshi klublaridan biri. Losanoni MYUda ko'rish mening asosiy orzularimdan biri", - dedi Martines.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar