Pablo Taborda: "Mag'lubiyatga qaramay, boshimizni baland ko'targan holda O'zbekistonni tark etamiz"
07 okt 2024 22:42
Yangiliklar
Pablo Taborda: "Mag'lubiyatga qaramay, boshimizni baland ko'targan holda O'zbekistonni tark etamiz"
Futzal bo'yicha jahon chempionati finalida Braziliyaga qarshi o'yindan so'ng (1:2) Argentina terma jamoasi sardori Pablo Taborda saytimizga intervyu berdi.
"Braziliyaga qarshi o'yinda ustunlik qildik. SHunchaki ular vaziyatlardan unumli foydlanishdi. Mag'lubiyatga qaramay, boshimizni baland ko'targan holda bu erni tark etamiz. Biz borimizni berdik, 40 daqiqa davomida hujum qildik. SHunchaki omad bizga kulib boqmadi.
Hakamlar faoliyatini yaxshi baholamayman. Ular bir xil standart asosida ish olib bormadi.
G'alaba qozonishimizda eng katta to'siq Braziliya darvozaboni edi. U haqiqatdan ham ajoyib o'yin namoyish etdi va ko'p vaziyatda darvozasini gollardan saqlab qoldi", dedi Taborda.
Eslatib o'tamiz, ketma-ket uchinchi marotaba jahon chempionati finaliga chiqqan Argentina terma jamoasi kumush medallarni qo'lga kiritdi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar