So’nggi yangiliklar

14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  0 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  1 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  3 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5

O'zPFLdan navbatdagi yurish. O'rinbosarlar uchrashuvining bir kun keyin o'tishi kimga foyda? Yangiliklar

O'zPFLdan navbatdagi yurish. O'rinbosarlar uchrashuvining bir kun keyin o'tishi kimga foyda?

O'zPFL yaqinda 2022 yilgi reglamentni ommaga taqdim qildi va uni o'z saytiga joyladi.

Joriy yilgi reglamentda bir qator yangiliklarga qo'l urilganini ko'rishimiz mumkin. Ulardan biri U-21 chempionati uchrashuvlarini Superliga to'qnashuvlaridan bir kun keyin o'tkazilishidir. SHu o'rinda mazkur qarorning afzalliklari va murakkabliklari haqida to'xtalib o'tsak. 


Reglamentda yangilik! Bu yildan o'rinbosarlar bahsi asosiy tarkibdan ertasi kun o'tkaziladi


Biz o'rgangan formatda bosh jamoalarning o'rinbosarlari bir kun oldin maydonga chiqishardi. Foyda shu ediki, ayrim jamoalarning bosh murabbiylari bir kun avval yoshlarni kuzatgan holda etiborga tushganlarini oldindagi uchrashuv qaydnomasiga kiritar, lozim topsa maydonga ham tushirardi. Qaysidir manoda o'rinborsarlar safidagi bola bir kun oldin asosiy jamoaga chaqirilishim mumkin degan, motivaciya va ishtiyoq bilan to'p tepadi. 

Buning ikkinchi tomoni ham borligini unutmasligimiz shart. Odatda, o'rinbosarlar ishtirokidagi bahs vaqtli boshlanadi. O'sha pallada esa aksariyat murabbiylar bosh jamoa bilan o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazadi. O'z-o'zidan ularda jamoani kelajagi hisoblangan futbolchilarning harakatini kuzatish imkoni nisbatan kamayadi. Asosiy etibor baribir istaymizmi-yo'qmi ertangi uchrashuvga qaratiladi. Yangi formatda esa murabbiylar bemalol selekciya ishlarini olib borishi, keyingi bellashuv qadar nomzodlarni xotirjam ko'rib chiqishi mumkin. O'zPFL mana shu jihatni o'ylagan bo'lsa hech gap emas.

Uchinchidan dastlabki kunda bosh jamoada amaliyotsiz qolib ketgan yosh futbolchi U-21 jamoasida o'z tengqurlari qatorida maydonga chiqadi.  

Lekin Superligada bir nechta klublarning ish tartibi boshqacha tuzilgan. Masalan bazi jamoalar Superliganing ertasiyoq navbatdagi bellashuv uchun mashg'ulotlarga kirishishadi. Tabiiyki, ushbu holatda jamoa bosh murabbiyi o'zi istasa ham, bir kun qolib klubning ikkinchi jamoasi o'yinini kuzata olmasligi mumkin. Mavsum davomida har 3 yoki 4 kunda o'yin o'tkazilsa, bosh murabbiyda dublyorlarini kuzatish uchun vaqt bo'lmaydi. Ularga bir kun oldin jamoa bilan kelib dastlabki taymni  ko'rib ketgani yaxshiroq. 2022 yildan boshlab bunday jamoalar ish jarayoniga o'zgartirish kiritar. Qolgani o'zlariga ayon.

Menda shunday shubha ham borki, o'rinbosarlarini umuman kuzatmaydigan murabbiylarga o'yin qachon o'tishini farqi bormikin?

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика