So’nggi yangiliklar

15:31"Барселона" ярим ҳимоячиси мавсум охиригача сафдан чиқди  0 15:05Ироқ ОТЖ бош мураббийи: "Чорак финалда осон рақиб бўлмайди, бироқ энг муҳими бор кучимизни ишга солиш"  4 14:59МЮ ва "Челси" собиқ футболчилари АПЛ Шон-шараф залига киритилди  1 14:30Ўзбекистон U-23 термасининг Вьетнамга қарши тахминий таркиби билан танишинг  8 14:15Саудия Арабистони ОТЖ бош мураббийи: "Икки йил аввалги мусобақада Вьетнамни ҳам, Ўзбекистонни ҳам мағлуб этганмиз. Эътиборингиз учун раҳмат"  21 13:59Рэтклифф Тухель билан музокаралар ўтказди  1 13:31"Бавария" форварди мавсум охирида жамоадан кетади  0 13:04Вьетнам футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистон — турнир фаворити"  4 12:42Родриго "Реал"ни тарк этиш ниятида эмас  9 12:18Хосе Венансио Лопес: "Ярим финалга чиқиш учун Вьетнамга қарши учрашувда назоратни қўлга олишимиз талаб этилади"  13 12:01"Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  6 11:39"Арсенал" "Ювентус" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:15"Барселона" Араухони трансферга қўйди  8 10:42Фабио Каннаваро – «Удинезе» бош мураббийи  1 10:2116:0 - Ўзбекистон кубоги тарихидаги энг йирик ҳисобми?  20

O'zPFL rahbarligiga nomzodini qo'yayotgan Azamat Abduraimov: "Klublar futbolimizning fundamenti bo'lishi kerak" Yangiliklar

O'zPFL rahbarligiga nomzodini qo'yayotgan Azamat Abduraimov: "Klublar futbolimizning fundamenti bo'lishi kerak"

Bizga etib kelgan malumotlarga qaraganda yaqin kunlarda O'zPFL rahbarligiga saylovlar bo'lib o'tadi.

Unda har bir nomzod o'z dasturini elon qiladi va klublar rahbarlari, murabbiylari o'zlari maqul deb topgan nomzodga ovoz berishadi. Yani umumiy qilib aytganda PFL yangi rahbari saylov asosida tayinlanadi. Ayni paytda PFL rahbarligi uchun bir nechta mutaxassislar o'zining nomzodini taklif qilishmoqda. 

Taniqli futbol murabbiyi, sobiq futbolchi, faoliyati davomida ko'plab jamoalarda ishlagan, Azamat Abduraimov ham saylovlar o'tkazilgan taqdirda o'z nomzodini ilgari surishni maqsad qilmoqda. Biz bu borada Azamat Abduraimovning fikrlariga quloq tutishga qaror qildik. 

“Bizning Proffessional futbol ligamiz sifatli bo'lishi kerak. Bugungi kunga kelib futbolimiz darajasi tushib ketdi. Ko'pchilik takidlayotganidek futbolimiz unchalik yomon ahvolda emas. Futbolimiz rivojlanmoqda, oldinga intilmoqda. Yaxshi futbolchilar etishib chiqmoqda. Lekin, bari biz xohlagandek bo'lmayapti. PFL mahsulot ishlab chiqaradi yani bu klublar. Agar futbolimiz darajasi oshadigan bo'lsa muxlislar ham stadionlarga qaytadi. SHundagina biz homiylar, televideniya, translyaciyalar haqida gapirishimiz mumkin. Hammasi bir-biriga bog'liq. Masalan, “Nasaf” OFK kubogini yutadigan bo'lsa bu futbolimizning xalqaro maydondagi imidjini oshiradi. Agarda “Paxtakor” OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok eta olsa bu ham nufuzimizni tiklanishiga olib keladi. Menga Rossiyadan do'stlarim, mutaxassislar, tanishlar qo'ng'iroq qilib SHomurodov, O'runov, Jaloliddinovlar sabab yana o'zbekistonlik futbolchilarga qiziqish ortayotganini aytishdi. Iqtidorli, yosh va tayyor futbolchilar bo'lsa klublarning o'zlari bizning jamoalarga qo'ng'iroq qilishadi. Qiziqishni ortayotgani bizda yaxshi futbolchilar ko'pligidan dalolat beradi. 

Biz o'zimizning mentalitetimiz, uslubimiz, qarashlarimiz va tariximiz bilan Osiyoda etakchilar qatoriga kirishimiz lozim. Endi saylov oldi dasturim haqida fikr bildirsam. Dasturim ikkita bo'limdan iborat, 2030 yilgacha bo'lgan strategik rivojlanish va PFLdagi tizmni o'zgartirish. 

Strategik rivojlanish 3 bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqich 2021-2022 o'tish jarayoni, ikkinchi bosqich navbatdagi 4 yillik rejasini ishlab chiqish yani Jahon chempionatidan keyingi davr. Uchinchi bosqich 2026-2030 yilgacha jarayonni o'z ichiga oladi. Har bir bosqich malum bir vazifalardan iborat. 

Tizmni o'zgartirish. 2018 yilga qadar futzal va ayollar futboli alohida associaciya sifatida faoliyat yuritib kelgan. Mening fikrimcha yuqoridagilarni yana tiklash kerak. Ayollar futboli masalasini ham o'ylab ko'rish lozim. Alohida associaciya sifatida faoliyat yuritishi yoki futbol associaciya qoshida tashkil etilishini ko'rib chiqilishi joiz. Futzaldan o'sha payt Jahongir Usmonovni ketishi minus bo'lgandi, “Ardus”degan jamoa yopib yuborildi. Jahon chempionatiga chiqishimizda “Ardus” klubining hissasi katta bo'lgandi. Futzal umuman boshqa yo'nalish, boshqa soha. PFL chempionatni o'tkazadigan, klublarni nazorat qiladigan tashkilot bo'lib qolaveradi. Yani Superliga, Pro liga, birinchi liga. Mana shu uchta darajadagi turnirlarni saqlab qolamiz. Tizm o'zgartirish degani kelib darhol hamma narsani sindirish yoki revolyuciya qilish degani emas. Aniqrog'i barchasini saqlab, natija yoki samara bermagan narsalarni o'zgartiramiz. PFL rahbari va klublar o'rtasida uzviy aloqani o'rnatish zarur. 

PFL rahbari klublar murabbiylarini ishiga aralashmasligi, ularga qanday mashg'ulot o'tkazish kerakligini o'rgatmasligi shart. Terma jamoa o'yinlari, klublar xalqaro maydonda o'ynayotgan paytlarda taqvim masalalarini birgalikda hamjihatlikda hal qilishimiz mumkin. PFLning mustaqil tashkilot sifatida ishlashi FIFA va OFKning talablaridan biri hisoblanadi. Bugunga qadar barchasi bitta binoda bajarib kelinmoqda. Alohida binoda joylashishdan tashqari, mustaqil tashkilot sifatida faoliyat olib borishi kerak. SHuningdek, PFL rahbarini klublarni o'zi ovoz berish yo'li orqali tayinlashi zarur, Rossiya, Ukraina kabi ko'plab davlatlarda shunday. Klublar futbolning fundtamentidir, klublar kuchli bo'lsa chempionat kuchayadi, uning ortidan terma jamoa darajasi ko'tariladi. Bu mening maqsadimdir. 

Taklifim, tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam Ukraina va Rossiya futbolidan olib qarasak, bu mamlakat futbol ligasida markaziy kengash tuzilgan. Bu kengashning ichida futbolchilar uyushmasi ham bo'ladi. Murabbiylar va muxlislar ham shuning tarkibiga kiradi. Klublardan vakillar bo'ladi.

PFLda muxlislar bilan ishlash uchun ham alohida bo'lim bo'lishi kerak. Futbol muxlislar uchun, ularning zavq olishi uchun o'ynaladi. Muxlislarsiz futbol o'lik futbol. Bizdagi hozirgi muammo muxlislar futbolga kam tashrif buyurayotganligida. Masalan, “Zenit” jamoasida bu borada aniq dastur ishlab chiqilgan. Stadionda oilaviy sektor bor, u erda oilasi, bolasi bilan kelganlar hordiq chiqarishi mumkin, hech qanday shovqin va haqoratlarsiz, ortiqcha to'polonlarsiz dam olishi uchun sharoit yaratib berishimiz kerak. Muxlis stadionda ikki soat faqat futbol tomosha qilishi kerak emas. Viktorinalar, stadion atrofida atrakcionlar va boshqalarni yo'lga qo'yish joiz. Bu ham bir biznes. Muxlislarni stadionlarga qaytarishni istasak ularga sharoitlarni yaratib berishimiz lozim. Barchasini o'ylab chiqish shart. PFL strukturasi zamonaviy standartlarga mos kelishi shart. 

PFLda xalqaro bo'lim ham faoliyat olib borishi zarur. Davron SHoqurbonov davrida bu bo'lim faoliyati yuritmadi. Bundan ko'zlangan maqsad chetdan tajriba olish. SHu kungacha hech qaysi murabbiy PFL ko'magida xorijga malaka oshirishga yuborilmadi. SHular qatori marketolog va menejerlarni ham. Hozirda siyosiy tomondan olib qaralganda qo'shnilarimiz bilan munosabatlarimiz juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. PFL ham Markaziy Osiyo mamlakatlari klublari bilan biror turnirni tashkil qilishi mumkin edi. OFK, OCHLdan tashqari g'arb mintaqasida Fors ko'rfazi kubogi turniri bor. CAFA faqat terma jamoalar uchun hisoblanadi. Taqvimda joy ajratgan holda klublar miqyosida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan turnir tashkil qilsa bo'ladi. Qiziqish katta bo'lishi aniq, mablag' ishlab olish imkoni bo'ladi. 

Hamma bolalar futbolini ko'tarish kerak, rivojlantirish kerak deb bong uradi. Lekin, kelgach esa jim bo'lib qolishadi. Biz qanchadan-qancha iqtidorlarni yo'qotmoqdamiz. Bola 16-17 yoshida porlamasligi mumkin, Qosimov 17 yoshida, SHkvirin 20 yoshida tanilgan. Mana shu o'tish davrida futbolchini saqlab qolish muhim. CHempion nomi oldindan aniq bo'lsa, intriga bo'lmasa, kurash bo'lmasa futbolimizni o'ldiramiz. Muxlislar stadionga tashrif buyurmaydi bu ketishda. Maqsadimiz bitta Superklubni emas, chempionatni kuchaytirish, oddiy “Paxtakor” misolida, ular chempionat favoriti, lekin qolgan klublar ham shunga qarab intilsa bo'ladi. 

O'zbekiston Superligasida 16-18 ta jamoa ishtirok etishi to'g'ri mening fikrimcha. To'g'ri bu narsa bugun yoki ertaga amalga oshmasligi mumkin. Lekin, kun kelib jamoalar soni oshadi. Natijada Pro ligada ham 18-20ta kuchli jamoalar ko'payadi. Klublarni davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tishi hozircha noto'g'ri. To'g'ri bu ham kerak, klublar hususiy bo'ladi baribir. Ammo, vaqti bilan. Bugungi kunda klublarimiz davlat yordamiga muhtoj. Vaqti kelsa klublar hususiylashtiriladi, akcionerlar qo'liga o'tadi. Bunga sekin-sekin etib kelamiz. Ammo, bunga hali tayyor emasmiz. PFL klublarning moliyaviy holatini ham nazorat qilib borishi zarur deb bilaman. So'nggi yillarda klublarimiz xorijlik futbolchilar va murabbiylar bilan ko'p bor moliyaviy kelishmovchiliklarga borishdi. “SHo'rtan”, “Navbahor”, “Andijon”, “Buxoro” jamoalari bunga yaqqol misol. Natijada FIFAdan turli sankciyalar kelmoqda. Bu narsa futbolimizning imidjiga zarar etkazadi. Murabbiyni ishdan olayotganda uning tovon pulini ham o'ylash joiz. Klublarni rahbarlari proffessional insonlar bo'lishi kerak. 

Meni olishadimi yo'qmi bu qiziqtirmaydi. Men o'zimning dasturim bilan saylovlarda qatnashmoqchiman. Agarda nomzodlikka qo'yiladigan bo'lsam va caylansam hech narsani o'zgartirmayman, revolyuciyani keragi yo'q. Bu yil mavsumni o'tkazish juda og'ir bo'lmoqda. Birinchi galda tinchlik bilan mavsumni yakuniga etkazib qo'yamiz. Mavsum yakunlangach qanday ishlar qilinishi kerakligi haqida gap",- deydi Azamat Abduraimov.

Reyting: -53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика