So’nggi yangiliklar

22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  8 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  3 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5

O'zPFL qoshida COVID-19 davri uchun shifokorlardan iborat komissiya tuzildi Yangiliklar

O'zPFL qoshida COVID-19 davri uchun shifokorlardan iborat komissiya tuzildi

Teglar :  O'zPFL
O'zbekiston Professional futbol ligasi pandemiya sharoitida futbol uchrashuvlarini barcha sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda o'tkazilishi bo'yicha jiddiy ish olib bormoqda.

Bunda eng muhim omil —futbolchi hamda murabbiylar sog'ligi masalasidir.

SHu bois O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan COVID-19 pandemiyasi davrida futbol klublaridagi futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislar orasida epidemiologik vaziyatni va ularning sog'lig'i holatini nazorat qilish bo'yicha malakali shifokorlarni jalb qilgan holda Komissiya tashkil etildi.

 

Komissiya azolari:

1. Alisher Aripov  – Sport shifokori

2. Bobir Abdazov  – Sport shifokori

3.  Nasiba Alimova – SHifokor-kardiolog

4.  Rano Qosimova – SHifokor-infekcionist

 

Komissiyaning asosiy vazifalari etib, futbol klublari shifokorlari bilan muntazam onlayn aloqada bo'lgan holda ish olib borish, koronavirusga test topshirish jarayonini muvofiqlashtirish, jamoalar orasida koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlarni aniqlash, kasallik aniqlangan holatlarda kerakli tavsiyalarni berish hamda futbolchilarning sog'lig'i holati qayd etib boriladigan elektron bazasini ishlab chiqish belgilandi.

Komissiya azolari bilan futbol klublari o'rtasida o'rnatilgan aloqalarning mustahkamligi COVID-19 pandemiyasi davrida chempionat musobaqalarini samarali tashkil etilishiga xizmat qilishi mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика