So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

O'zPFL Ijroqo'mi “Istiqlol” klubining Pro ligadan chiqib ketishini tasdiqladi Yangiliklar

O'zPFL Ijroqo'mi “Istiqlol” klubining Pro ligadan chiqib ketishini tasdiqladi

SHu yilning 12 aprel kuni Farg'onaning “Istiqlol” klubi Pro ligani davom ettirmaslik yuzasidan rasmiy murojaat bilan chiqqandi.

O'zPFL klubning ishtirokchilar safidan chiqishi masalasini tashkilot Ijroqo'mga kiritdi hamda “Istiqlol”ning musobaqadan chiqib ketishi rasman tasdiqlandi.

“2021 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 8.9-bandiga asosan “Istiqlol” futbol klubining 2021 yilgi mavsumda qayd etgan natijalari bekor qilindi. O'sha uchrashuvda ishlab olingan sariq va qizil kartochkalar esa o'z kuchida qoldi. Endilikda Pro liganing har bir turida “Istiqlol”ga qarshi to'p surishi kerak bo'lgan jamoa shu tur doirasida dam oladi.

“Futbolchilar maqomi va transferi bo'yicha reglament”ning 14.2-bandiga asosan “Istiqlol” futbolchilariga boshqa klublar bilan shartnoma imzolash huquqi taqdim etiladi. O'zPFL yangi tuzilgan shartnomalarni yozgi transfer oynasi ochilgunga qadar ham ro'yxatdan o'tkazadi. Qayd etish kerak, yozgi transfer O'zbekistonda 5 iyul kuni rasman ochiladi va 31 iyulga qadar davom etadi.

“Istiqlol” futbol klubining endilikdagi sobiq futbolchilari o'zlari shartnoma imzolagan yangi klublari safida qachondan boshlab maydonga tushishlari masalasi 19 aprel kungi alohida yig'ilishda ko'rib chiqiladi. Mazkur yig'ilish O'FA, O'zPFL, Futbolchilar uyushmasi hamda Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita vakillari ishtirokida tashkil etiladi. 

“Istiqlol” jamoasini tarqalib ketishi, Hakimovning gaplariga qo'shilmasligi, futbolchilarning keyingi taqdiri haqida Bahodir SHamshitdinov bilan intervyu 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика