So’nggi yangiliklar

07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  0 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  3 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  7 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  20 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  6 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  76 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1

O'zPFL futbol klublaridagi qarzdorliklar masalasini o'rganishni boshladi Yangiliklar

O'zPFL futbol klublaridagi qarzdorliklar masalasini o'rganishni boshladi

Teglar :  O'zPFL
4 iyul kuni O'zbekistonda yozgi transfer oynasi rasman ochiladi va u 30 iyulga qadar davom etadi.

"O'zPFL Ijroiya qo'mitasi bunda qarzdor futbol klublarining harakatlarini cheklash borasida qaror qabul qilgani avvalroq malum qilingandi.

Ayni vaqtga kelib O'zPFL futbol klublarining futbolchilar, murabbiylar va boshqa klublar oldidagi qarzdorligi masalasini o'rganishni boshladi. Malumotlar asosida ayrim klublarning transfer oynasidagi harakatlari cheklanadi va bu borada O'zPFL jamoatchilikka tushuntirish taqdim etadi. 

SHundan kelib chiqib, O'zPFL barcha futbol klublarini futbolchilar (ayniqsa ayol futbolchilar hamda futzalchilar), murabbiylar oldidagi, shuningdek, boshqa klublardan qolib kelayotgan qarzlarini tezroq bartaraf qilishga chaqiradi. Qo'shimchasiga, biz barcha futbolchilarni mavsum o'rtasida yangi shartnoma imzolash oldidan shoshilmaslikka chaqiramiz. O'zPFL hamda Futbolchilar uyushmasi hamkorlikda har qanday futbolchiga yangi klubi haqida malumot taqdim etishga tayyor ekanligini bildiramiz. Ayni holatda futbolchilar qarzdorligi katta klub bilan yangi shartnoma imzolasa va yangi klub belgilangan muddatga qadar mazkur qarzlarni to'lashga ulgurmasa, O'zPFL mazkur futbolchiga musobaqada ishtirok etish uchun licenziya taqdim etish masuliyatini olmaydi. Qo'shimchasiga, qarzdorligi mavjud bo'la turib yangi futbolchi bilan shartnoma imzolagan hamda uning karerasiga salbiy tasir ko'rsatgan futbol klubiga nisbatan O'FAning tegishli qo'mitasi orqali ish ochiladi. 

Biz bunday keskin choralar orqali futbolchilar, murabbiylar va klublar haq-huquqini tiklash, klublarning to'g'ri yo'nalishda faoliyat olib borishiga erishishni maqsad qilganmiz. Katta qarzi mavjud futbol klublari U21, U19 jamoalariga jiddiy etibor qaratish, selekciya ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish orqali ham muvaffaqiyatga erishishlari mumkinligini eslatib o'tamiz", — deyiladi xabarda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика