So’nggi yangiliklar

21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  0 21:35Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23 3:1 (матнли трансляция)  15 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  7 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  14 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4

O'zPFL "Empower Sports" bilan hamkorlikda yangi loyihani amalga oshiradi Yangiliklar

O'zPFL "Empower Sports" bilan hamkorlikda yangi loyihani amalga oshiradi

Teglar :  PFLEmpower Sports
O'zbekiston Futbol Federaciyasi, Osiyo Futbol Konfederaciyasi hamda SHveycariyada joylashgan "Empower Sports" kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi loyihani amalga oshirish borasida shartnoma imzoladi.

Unga ko'ra, ikkinchi davradan boshlab, O'zPFL O'zbekiston chempionati uchrashuvlari to'g'ridan-to'g'ri internet orqali translyaciya qilinadi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi Osiyo Futbol Konfederaciyasining qitada Ligalarni rivojlantirish dasturini o'rganib chiqib, ushbu loyihada ishtirok etish istagini bildirdi.
O'zbekiston CHempionati uchrashuvlarini to'g'ridan-to'g'ri translyaciyalari "Empower Sports" kompaniyasiga tegishli Mycujoo.tv saytida, Oliy Liga klublari rasmiy saytlari, ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida bir paytning o'zida translyaciya qilinadi.

"Empower Sports" kompaniyasi bugungi kunda Osiyo Futbol Konfederaciyasidan tashqari UEFA tasarrufiga kiruvchi mamlakat futbol federaciyalari bilan hamkorlik qiladi.

Malumot uchun, ayni damda O'zPFL Oliy Liga klublaridagi vaziyatni o'rganib chiqdi va hozirgi kunda chempionatda uy uchrashuvlarini translyaciya qilish uchun 7ta klubning stadiondagi sharoiti uchrashuvlarni translyaciya qilish uchun talabga javob berishi aniqlandi.

"Milliy chempionat uchrashuvlarini internet orqali translyaciya qilish va shu orqali O'zbekistondagi va chet eldagi muhlislarga ushbu o'yinlarni ko'rish imkoniyatini yaratish biz uchun eng ustun vazifalardan biridir. O'z navbatida, Osiyo futbol Konfederaciyasida ham futbol o'yinlarni onlayn tarzda namoyish etishga kuchli etibor qaratilmoqda. Bu haqda habar topgach, O'FF va O'zPFL rahbariyati darxol OFKga murojat qildi va O'zbekiston OFKning Ligalarni rivojlantirish dasturiga kiritildi” – deydi O'zbekistondagi dasturning menedjeri Baxtiyor Mametov.

“Bugungi kunda barchamiz zamonaviy texnologiyalar davrida yashab kelyapmiz desak adashmaymiz. OFKning hamkori bo'lmish “Empower Sport” kompaniyasining “Mycujoo” loyihasi shu gaplarimni isbotidir. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi futbolning internetdagi auditoriyasini kengaytirishdir. Buning uchun esa, video kamera yoki yuqori sifatli kameraga ega bo'lgan Iphone, yoki Android processorli telefon va asosiysi stadionda yuqori tezlikdagi internet bo'lishi kerak. Hozirga qadar Oliy Liganing etti klubi: “Lokomotiv”, “Paxatakor”, “Qo'qon-1912”, “Olmaliq”, “Mashal”, “Obod” va “So'g'diyona”  kabi klublar kerakli talablarni bajarishdi va endi ular dastur doirasida Yaponiya, Gollandiya kabi mamlakatlardan keltiriladigan kerakli jizohlarlar bilan taminlanadi. Barcha jihizlar mazkur oyning ohiragacha Toshkentga etib keladi. Qolganlar klublar ham tez orada talablarni bajarib loyihaga qo'shiladi degan umiddamiz”.

“Keling tasavvur qilib ko'raylik. Aytaylik siz, “So'g'diyona” jamoasiga muhlislik qilasiz, lekin bazi sabablarga ko'ra, o'yinni stadiondan turib, yoki bo'lmasa televizor orqali ko'rish imkoniyatiga ega emassiz, lekin yoningizda internetga ulangan noutbuk, planshet, yoki smartfon bor. Siz bemalol, hohlagan davlatda bo'la turib, mycujoo.tv saytiga kirib, sevimli jamoangizni o'yinini tamosha qilishingiz mumkin bo'ladi. Bir paytning o'zida translyaciyani ko'plab boshqa saytlarga va hattoki ijtimoiy tarmoqlarda ko'rsatsa bo'ladi”.

“Biz bugunga kelib Oliy liga uchrashuvlarining bazilarini sinov tarzida translyaciya qilib ko'rdik va natijadan 70 foizga qoniqish hosil qildik. Iyul oida Oliy liga klublari xodimlariga OFK va Empower Sports kompaniyasi vakillari ishtirokida yakuniy seminar o'tkaziladi. Mazkur seminar paytida mavjud kamchiliklar ham hal etilishi lozim. Ikkinchi davradan esa, futbol muhlislari sevimli jamoalari ishtirokida o'yinlarni jonli tarzda ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishadi”.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика