So’nggi yangiliklar

22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  0 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  2 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  215 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  8 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  2 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0 18:00БАА - Ўзбекистон учрашувини катта экранда томоша қилишни истаганлар диққатига!   12 17:54Ўзбекистон Суперкубоги-2025. "Бунёдкор" стадиони учрашувга шай ҳолатда  2

O'zPFL 3-tur. “Nasaf” – “Obod” uchrashuvi oldidan Yangiliklar

O'zPFL 3-tur. “Nasaf” – “Obod” uchrashuvi oldidan

Teglar :  Nasaf
Qarshining “Nasaf” jamoasi 3-tur doirasidagi uchrashuvni o'z maydonida Oliy liga debyutanti Toshkentning “Obod” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Bo'lajak uchrashuv jamoalarning birinchi rasmiy uchrashuvi sifatida tarix sahifalaridan joy oladi.
 
Toshkentning “Obod” jamoasi o'tgan ikki turda bor yo'g'i bir ochkoni qo'lga kiritdi. 1-turda ular Qo'qon shahrida mahalliy “Qo'qon-1912” jamoasi mehmoni bo'ldi. Uchrashuv qo'qonliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Xabaringiz bor, uchrashuvdagi yagona gol 74-daqiqada  Ilya Ilin tomonidan kiritildi.

12 mart kuni 2-turda “Obod” jamoasi o'z maydoni – “Jar” stadionida Buxoroning “Buxoro” jamoasini qabul qildi va golsiz durangga imzo chekdi.

“Nasaf” esa o'tgan ikki turda 100 foizlik natija qayd etib, 6 ochko to'plashga erishdi.

Eng qiziqarlisi, “Obod” jamoasida klubimizning sobiq azosi Sanjar Baratov to'p tepadi. S.Baratov muqaddam “Nasaf” jamoasi o'rinbosarlari va birinchi ligada ishtirok etadigan “Nasaf-2” jamoamizda hujumchi sifatida faoliyat yuritgan.

Bo'lajak uchrashuv shubhasiz qiziqarli bo'ladi. CHunki turli terma jamoalarga taklif olgan o'yinchilarimiz ham ushbu o'yinga qadar jamoamiz ixtiyoriga kelib qo'shilishadi. Qolaversa bu uchrashuv jamoamiz oldida turgan Osiyo chempionlar ligasi 4-turidagi Qatarning “Al-Jayish” klubiga qarshi o'yinga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

"Nasaf"ning “Obod”ga qarshi uchrashuvi 1 aprel juma kuni soat 18:00da “Markaziy” stadionda boshlanadi.

Jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv esa 31 mart payshanba kuni soat 15:00da Sputnik qo'rg'onidagi “Mehnat” stadionida boshlanadi.

Quyida uchrashuvga tayinlangan hakamlar haqidagi malumotni yana bir marta eslatib o'tamiz.

O'zPFL 3-tur. 01.04.2016.
Nasaf (Qarshi) – Obod (Toshkent)
“Markaziy” stadion. Soat 18:00da
Bosh hakam:
Rustam Bobomurodov (Navoiy),
Qanot hakamlari:  Obid Jumaev (Navoiy), Andrey Snetkov (Toshkent vil.),
Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: Ibrohim SHaripov (Buxoro)
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Barcha futbol ishqibozlarini "Nasaf" ishtirokidagi o'yinga taklif etib qolamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика