O'zingizni bir chimchilang, Angliyami bu O'zbekiston?
14 mar 2015 21:15
Yangiliklar


O'zingizni bir chimchilang, Angliyami bu O'zbekiston?
Unda quyidagi natijalar qayd etildi:
"Qizilqum" - "So'g'diyona" 4:1
"Navbahor" - "Mashal" 0:2
"Dinamo" - "Qo'qon-1912" 0:1
"Neftchi" - "SHo'rtan" 1:1
"Bunyodkor" - "Buxoro" 2:0
"Nasaf" - "Andijon" 3:1
"Metallurg" - "Lokomotiv" 0:0
"Paxtakor" - "Olmaliq" 1:1
Mazkur bahsdan 5ta o'yindagi taxminlar o'zini oqlamadi. Majlisdagi gap kerakli odamlarga etib borgani ko'rinib turibdi. Faqat biror tur o'tib yana eski ishlar boshlanib ketmasa bo'lgani. Agar hamma tur mana shunday keskin ruhda o'tadigan bo'lsa, Rossiyada bo'lib o'tadigan JCH haqida orzu qilsak bo'ladi. Menimcha bugun bo'lib o'tgan o'yinlarda bironta jamoa uchga/uch uslubda o'ynamadi. Tasavvur qiling, endi "Navbahor" Muborakda, "Neftchi" G'uzorda, "Dinamo" esa vodiyda bugun yo'qotgan ochkolarini qo'lga kiritishga harakat qiladilar. Safarda ochko olgan bu jamoalar o'z maydonlarida ham g'alaba uchun chiqishlari aniq. CHempionlik uchun asosiy davogar ikki jamoani duranggiga nima deysiz? Odatda mavsum boshida bunday ochkolar yo'qoltimas edi. Qani qaddingni ur PFL, to'xtang, bu o'zi PFLmi yoki APL???

Fikrlar