"O'zimni qari deb hisoblamayman" - Zafar Polvonov
06 fev 2022 21:00
Yangiliklar
"O'zimni qari deb hisoblamayman" - Zafar Polvonov
AGMK jamoasining bugungi mashg'ulotidan so'ng olingan fikrlarni berib bormoqdamiz.
Anzur Ismoilovdan so'ng navbat jamoaning hujum chizig'i vakili Zafar Polvonov.
"Ayni paytda kayfiyat zo'r. Tayyorgarlik reja asosida davom etmoqda. Hozirgi yig'in mavsum starti oldidan ko'p narsani hal qilib beradi. Futbolchilarning holatini, taktik ishlanmalarni ko'zdan kechirib olinadigan payt. Superligada oldimizga yuqori o'rinlar uchun kurashish vazifasi qo'yilgan.
To'g'ri o'tgan yili kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Menimcha buni yoshga bog'lash kerak emas. Joriy yilda qo'limdan kelgancha AGMKga yordam berishga harakat qilaman. O'zimni qari deb hisoblamayman. Qaytanga yosharib yanada oldinga qarab intilishni niyat qilganman",- deydi Zafar Polvonov.
Fikrlar