So’nggi yangiliklar

17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  4 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  4 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  0 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  26 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  6 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  2 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2

O'zimizning Sasha Yangiliklar

O'zimizning Sasha

2002 yil. “Paxtakor”da katta o'zgarishlar ro'y berib, klub terma jamoa bazasi sifatida shakllanayotgan va shunga mufoviq tarzda boshqa klublarda to'p tepayotgan iqtidorli futbolchilar saralab olinayotgan edi.

Jamoaga o'sha vaqtda tayinlangan Tachmurod Agamurodov va Viktor Jalilov kabi murabiylar shtabining etibori Toshkent viloyatining “Do'stlik” klubi safida o'zini ko'rsata boshlagan Aleksandr Geynrixga tushdi va iqtidorli hujumchi jamoaga qabul qilindi. O'z oldiga yangi maqsadlarni qo'ygan jamoa chempionat startidayoq qanday kuchga ega ekanligini isbotlay boshlaydi. Hujumkor va rang-barang tarzda o'ynay boshlagan jamoaga munosib qarshilik ko'rsatish boshqa jamoalar uchun ancha qiyinchilik tug'dirgan edi. Bir qator futbolchilar jumladan Ignatiy Nesterov, Zayniddin Tojiev,Gochkuli Gochkuliev, Ildar Magdeev va hikoya qilinadigan qahramonimiz Aleksandr Geynrix o'sha chempionatning kashfiyotiga aylangan edi. O'z driblinglari bilan minglab muxlislar olqishiga sazovor bo'lgan yosh iqtidor egasi Geynrixning o'yinlari o'zbek futboliga yangi iqtidor etishib chiqayotgandan darak edi. Xatto yoshi kattaroq muxlislar uning harakatlarini jamoa afsonasi Xadzipanagizga qiyoslashadi.



Ayniqsa uning yulduzli onlari o'sha yili Qatarda o'tkazilgan Osiyo chempionatida porlaydi. Marhum Viktor Borisov boshchiligidagi yoshlar termasi safida Nesterov, Inomov, Krushelnickiy, Jasur Hasanov, Ilyos Zeytullaev kabi kuchli futbolchilar safida bo'lgan 18 yoshli iqtidor egasi raqib darvozasiga bir nechta to'p kiritib, termaning musobaqada 4-o'rinni egallashiga va shu orqali futbolimiz tarixidagi ilk yoshlar o'rtasida mundialga yo'l olishiga katta hissa qo'shadi. Ayniqsa guruh bosqichida Qatar yoshlariga qarshi o'yindagi xet-trik va futbolka ostidagi "bizga eta olmaysizlar" yozuvi ko'pchlikning yodida bo'lsa kerak. Geynrix shuningdek o'sha mavsumda jamoasining yangicha formatda o'tkazilayotgan Osiyo CHempionlar Ligasining pley-off bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, yakunda 2002 yilning Osiyodagi eng yaxshi jamoasi sifatida tan olinishiga munosib hissa qo'shadi. Takidlash joizki, mavsum so'ngida qahramonimiz haqli ravishda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etiladi.



Odatda muxlislar olqishiga sazovor bo'lgan har qanday futbolchiga xorij jamoalaridan "sovchilar" kela boshlaydi. Albatta Sasha ham bundan mustasno emas edi. Bir qator jamoalar orasidan “Paxtakor” rahbarlari va futbolchi Moskvaning CSKA jamoasini tanlaydi va shu tariqa Geynrix "harbiylar"ning yangi azosiga aylanadi. Takidlash kerakki moskvaliklar tarkibida raqobat o'sha vaqtlarda o'ta kuchli edi. Vagner Lav, Irji Yaroshik, Ivica Olich kabi futbolchilar orasidan asosiy tarkibga kirish oson emas edi. Ustiga-ustak murabiy Valeriy Gazzaevning hamyurtimizga unchalik ishonmagani oqibatida Aleksandr keyingi ikki yilni asosan zaxira o'rindig'ida o'tkazishga majbur bo'ladi. Lekin shunga qaramay tabiatan vatanparvar bo'lgan Geynrix turli terma jamoalarimiz safida mahorat ila to'p tepadi. Masalan, BAA mezbonligida o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida Geynrix va jamoa Argentina, Ispaniya, malilik futbolchilarga qarshi o'ynab, garchi guruh bosqichida biror ochko to'play olmaganiga qaramay, muxlislar olqishiga sazovor o'yin namoyish etishgan edi. O'sha musobaqada Geynrixning Argentinaga jarimadan kiritgan shedevr golini ko'pchilik eslasa kerak.



Geynrixning yana bir yulduzli oni 2004 yilgi Osiyo Kubogiga to'g'ri keladi. O'z tarkibiga tajribali futbolchilar va yoshlarni jam qilgan Ravshan Haydarav boshchiligidagi terma o'yini ko'pchilikka manzur bo'lgan edi. Aynan Sashaning 2-turda Saudiya Arabistoniga urgan goli termamizga o'z tarixida birinchi bor Osiyo Kubogining guruh bosqichidan chiqishiga zamin hozirlaydi. CHorak finaldagi Bahraynga qarshi uchrashuvda ham Geynrix jarimadan ajoyib gol uradi va Qosimovning munosib izdoshi ekanini isbotlaydi. Afsuski uning bu goli termamizga yordam bermaydi va arablarga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib musobaqani alamli tarzda tark etadi. SHunday bo'lsada, termamiz ko'rsatgan mazmunli futbol muxlislarda termaga nisbatan ishonch uyg'otadi. Ushbu ishonch sabab muxlislar terma jamoaning Germaniyada o'tkaziladigan jahon chempionatiga yo'l olishiga ishona boshlaydi. Afsuski hal qiluvchi raundda turli murabiylar Gede, Haydarov, Xougton kabi murabiylar qo'l ostida ishtirok etgan termamiz yana o'sha tanish raqib Bahrayn bilan bo'lgan pley-off bahslaridagi omadsizlik va ko'pchilik yomon xotiralar bilan esga oladigan yaponiyalik hakamning mudhish xatosi termamizni mundialdan mahrum etgan edi. Bu orada Geynrix ham o'z jamoasini o'zgartiradi va Moskvaning boshqa jamoasi Torpedoga yo'l oladi. Dastavval bu erda mazmunli o'yinlar ko'rsatib, asosiy tarkibdan o'rin egallagan hujumchimiz keyinchalik jarohat va boshqa juziy sabablarga ko'ra bu erda ham o'z o'rnini yo'qotadi.



2007 yil boshiga kelib u o'zining jonajon jamoasi “Paxtakor”ga qaytishga qaror qiladi. Keyingi to'rt yilni ''sherlar'' safida o'tkazgan Geynrix yana bir bora o'z mahorati va jamoaga bo'lgan sadoqati orqali toshkentlik muxlislarning chuqur qalbidan o'rin egallaydi. Uning eng esda qolarli o'yinlaridan biri sifatida Osiyo CHempionlar Ligasidan o'rin egallagan Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubiga qarshi safardagi uchrashuvni eslashimiz mumkin. O'sha uchrashuvning so'nggi soniyalarida jarimadan kiritilgan ajoyib gol “Paxtakor”ga o'ta muhim g'alaba keltirgan edi.



Terma jamoada esa bu vaqtlar oralig'ida uning unchalik omadi yurishmadi deyish mumkin. Dastavval Rauf Inileev, keyinchalik esa Mirjalol Qosimov ko'proq Maksim SHackix, Ulug'bek Baqoevlarga ishonch bildirishadi. SHunday bo'lsada, muxlislar termada doimo Geynrixni ko'rishni istashar edi. Yaqqol misol sifatida, 2009 yil bo'lib o'tgan Toshkentdagi Bosniya va Gercegovinaga qarshi uchrashuvni aytib o'tishimiz mumkin. O'sha uchrashuvning so'nggi daqiqalarida muxlislar bir ovozdan ''Sasha'', ''Sasha'' deya murabiy Mirjalol Qosimovdan uni tarkibga kiritishni talab qilishgani va futbolimiz afsonasi uni keyingi bahslarga jalb qilganini ko'rishimiz mumkin.



Terma jamoa postiga Vadim Abramov kelgach, Geynrixning ham termadagi mazmunli o'yinlari qayta boshlaydi. 2011 yilgi Osiyo Kubogida termamiz yorqin o'yinlar namoyish etib muxlislarimiz ko'nglidan joy egallagan edi. O'sha musobaqa qahramonlari safida bo'lgan Odil Ahmedov, Server Jeparov, Aziz Haydarov, Ulug'bek Baqoev kabi futbolchilar qatoriga qahramonimizni ham qo'shish mumkin. SHu sababga ko'ra, bir nechta futbolchilarimiz qatori Geynrix ham kelasi mavsumni xorijda, aniqrog'i, Janubiy Koreyaning ''Ulsan Xyunday'' klubida boshlaydi. O'yin uslubi koreyslarning taktikasidan farq qiladigan Sasha uchun bu erda to'p tepish biroz qiyinchilik tug'diradi. Bu erda bir mavsum o'ynagan futbolchimiz uchun kelasi manzil Birlashgan Arab Amirliklarining ''Emireyts''klubi bo'ladi. Yarim mavsum mobaynida to'p tepgan futbolchining bu erdagi esda qolarli vaziyatlaridan biri sifatida, Afsonaviy Diego Maradonaning jamoasiga akrobatik tarzda kiritilgan golni aytishimiz mumkin. Mavsum yarmida Qozog'istonning ''Áktobe" jamoasiga borib qo'shilgan Geynrixning termadagi ishlari yana orqaga keta boshlaydi. Birgina mag'lubiyat sabab istefoga chiqarilgan Vadim Abramov o'rnini yana Mirjalol Qosimov egallaydi. Bir hujumchi bilan o'ynashni xush ko'ruvchi Qosimov termasida asosiy urg'u Baqoevga qaratilgan edi. SHu sabab Geynrix uchun terma jamoa eshiklari yopilgan edi.



Takidlash joizki uning Qozog'istondagi faoliyati yomon bo'lmadi. Faqatgina yarim mavsum mobaynida Toshkentning ''Lokomotiv'' jamoasida o'ynaganini aytmasa, Geynrix faoliyatining so'ngiga qadar qo'shni yurtda o'tkazadi. Yana bir jihatni qayd etish joizki, qay erga o'tmasin uning transferidan jonajon jamoasi ''Paxtakor'' ham foyda ko'rardi. Albatta bunday sadoqatli futbolchilar ko'p ham bo'lavermaydi.



Geynrix uchun eng katta orzu termamiz bilan birga jahon chempionatiga borish edi. Terma jamoa bosh murabiyi etib tayinlangan Samvel Babayan Sashani yana bosh jamoaga qaytaradi. Ko'pchilik uni ''qariya''ga chiqarganiga qaramay Aleksandr hamon terma bu termaga kerakli ekanini isbotlay oladi. Saralash o'yinlari doirasidagi bir necha gollar fikrimizga isbot bo'la oladi. Afsuski, yakunda birgina gol etmagani sabab termamiz tarixiy natija qayd eta olmaydi va bir necha futbolchilar qatori Geynrixning ham orzusi sarobga aylanadi. Janubiy Koreyaga qarshi hal qiluvchi uchrashuv yakunlanishi bilan qahramonimiz ko'zda yosh ila terma jamoa bilan xayrlashganini elon qiladi. Yil so'ngida esa u butsalarini ham mixga iladi.



Ha, bir kun kelib milliy terma jamoamizga jahon chempionatiga chiqish nasib etadi. Lekin achinarlisi mundialga borgan futbolchilar qatori muxlislar sevgan Sasha bo'lmaydi. SHu o'rinda bir taklifni futbolimiz rahbarlariga bergan bo'lar edik. Bu ham bo'lsa, terma jamoa uchun hamisha jon kuydirib muxlislar qalbidan joy egallagan Timur Kapadze, Aziz Haydarov, Server Jeparov va Aleksandr Geynrix uchun so'nggi xayrlashuv uchrashuvini o'tkazib berish taklifi.

O'ylaymizki ular bunga haqlilar.

Maqsud Yahyoev

Reyting: +106   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика