O'zimizning maydonda erdan kuch olib o'ynadik - Ruslanbek Jiyanov
16 iyu 2022 00:29
Yangiliklar
O'zimizning maydonda erdan kuch olib o'ynadik - Ruslanbek Jiyanov
O'zbekiston - Yaponiya o'yinidan so'ng futbolchilarimiz o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
Futbolchimiz Ruslanbek Jiyanov ham «Championat.asia»ga intervyu berdi.
— O'yin va muxlislar haqida fikringiz…
— O'yin juda yaxshi bo'ldi. Muxlislarning ovozini eshitib turdik. Ularning qo'llab-quvvatlashini his qilib turdik.
— Bahs davomida texnik fintlar namoyish etdingiz. Bu ham murabbiyning ko'rsatmasi edimi?
— Albatta. «Raqib charchadi, o'yinni ko'proq o'zingga ol, xavfli vaziyatlar yarat» degan topshiriq berdi murabbiy.
— Yaponiyaga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rilgandi?
— Ruhiy jihatdan tayyor edik. O'zimizning maydonda erdan kuch olib o'ynadik. Muxlislar bo'lsa yanada yaxshi bo'lardi.
— Saudiya Arabistoni bilan o'yinga tayyormisiz?
— Ha, tayyormiz. Har bir o'yinga tayyormiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar