“O'zimizning Axbor aka” nomli kitobning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi FOTO
26 mar 2016 21:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/202806_original.jpg)
![](/upload/storage/202806_220.jpg)
“O'zimizning Axbor aka” nomli kitobning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi FOTO
Bugun o'zbek sporti jurnalistikasining otaxoni Axbor Imomxo'jaev hayotiga bag'ishlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi.
Hamroxon Musurmonova tomonidan yozilgan “O'zimizning Axbor aka” nomli yangi kitobi taniqli sport sharhlovchisining 80 yoshli yubileyiga atab yozildi. Ushbu kitobda Axbor dodaning hayot yo'li va faoliyati hikoya qilinadi.
O'zbekiston milliy paralimpiya qo'mitasida ushbu kitobning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. Taqdimot marosimida kitob muallifi Hamroxon Musurmonova, Axbor Imomxo'jaev va ularning yaqinlari, do'stlari hamda shogirdlari ishtirok etishdi.
Yig'ilganlar shu erning o'zida kitobni xarid qilish va shaxsan Axbor Imomxo'jaevning dastxatini qo'ydirib olish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Axbor dodamiz erinmay har bir kitob egasiga tilak bilan o'z dastxatlarini qo'yib berdilar.![](http://championat.asia/upload/storage/202794_680.jpg)
![](http://championat.asia/upload/storage/202795_680.jpg)
![](http://championat.asia/upload/storage/202796_680.jpg)
Saytimiz o'quvchisi Odil aka SHaripov dastxat qo'ydirayaptilar
![](http://championat.asia/upload/storage/202797_680.jpg)
Kitob muallifi Hamroxon Musurmonova
![](http://championat.asia/upload/storage/202798_680.jpg)
![](http://championat.asia/upload/storage/202799_680.jpg)
"O'zimizning Axbor aka"
![](http://championat.asia/upload/storage/202800_680.jpg)
Yosh jurnalistlar qurshovida
![](http://championat.asia/upload/storage/202801_680.jpg)
Vladimir Safarov, Nodirxo'ja Yuldashev va Axbor Imomxo'jaev
![](http://championat.asia/upload/storage/202802_680.jpg)
Radiosharhlovchi Abdulla Nurmonov
![](http://championat.asia/upload/storage/202803_680.jpg)
Saytimiz vakillari Zoir Tursunboev va Narzulla Saydullaev
![](http://championat.asia/upload/storage/202804_680.jpg)
Esdalik uchun surat
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar