Ozil Runining jamoasiga o'tishi mumkin
07 avg 2019 00:45
Yangiliklar


Ozil Runining jamoasiga o'tishi mumkin
Arsenal yarim himoyachisi Mesut Ozil faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi SPORTbible.
Ozilning vakillari yaqin orada «Di Si Yunayted» klubi bilan futbolchining transferi borasida kelishib olishadi. 30 yoshli xavbek 2013 yildan buyon «to'pchilar» sharafini himoya etib kelmoqda.
Mesut o'tgan mavsum APLning 28 o'yinida ishtirok etib, 5+3 natijaga erishdi.
Aytish joizki, «Di Si Yunayted» safida Ueyn Runi ham harakat qiladi. U mavsum yakunida klubni tark etib, «Derbi Kaunti»da o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar