O'zil: "Mendan yaxshiroq hujumkor yarim himoyachi bormi? Bu – Arda Gyuler"
06 iyu 2023 12:19
Yangiliklar


O'zil: "Mendan yaxshiroq hujumkor yarim himoyachi bormi? Bu – Arda Gyuler"
"Real" sobiq yarim himoyachisi Mesut O'zil "Fenerbaxche"dan Madrid klubiga o'tayotgan Arda Gyulerni qo'llab-quvvatladi.
"Mendan yaxshiroq hujumkor yarim himoyachi bormi? Bir ism xayolimga keldi, men ishongan bir uka bor. Xudo uni asrasin: uning ismi Arda Gyuler", – dedi O'zil.
Gyuler o'tgan mavsumda "Fenerbaxche" safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qilgan.
Avvalroq Anchelotti Gyuler mavsumoldi tayyorgarlikni "Real" bilan o'tkazishini istayotgani malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar